Kornejevskiy Nikolay Leopoldovich


1087

Tug‘ilgan sana: 1879 Fevral 6
Vafot etgan sana: 1958 Oktyabr 31
Tug‘ilgan joyi: Rossiya imperiyasi
Yo‘nalishlar: Geograflar

Korjenevskiy Nikolay Leopoldovich (06.02.1879 y.- 31.10.1958 y.) - tabiiy geograf va glyatsiolog. O‘zbekiston fanlar akademiyasi muxbiri a’zosi(1974). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi(1939). Geografiya fanlari doktori(1937). O‘rta osiyo universitetining tabiiy geografiya kafedrasi mudiri, professori(1927). N.Korjenevskiy tomonidan o‘ndan ortiq ilmiy ishlar bajarilgan. Uning asosiy ilmiy ishlari O‘rta osiyoning fizik geografiyasini tatqiq qilishga qaratilgan.

Tarjimai hol

Uning otasining kelib chiqishi litvaliklarga taaluqili bo‘lib, Kovenskiylar dvoryanlaridan edi, onasi esa polklardan bo‘lgan. Nikolayning bolaligi Kostromski guberniligida o‘tib, otasi ovchilikka qiziqqani bois o‘g‘lini ham tabiat sir asrorlari bilan tanishtirish, unga muhabbat qo‘yishiga katta xizmati bo‘lgan. Otasining kasallik oqibatida vafotidan so‘ng, u universitetga kirishga qurbi yetmay mahalliy bilim yurtiga o‘qishga kiradi, bilim dargohini bitirgach, Kiyevdagi harbiy bilim yurtiga kirib, uni 1901 yili a’lo baholarga tamomlaydi. Markaziy Rossiya hududida ishga kirish imkoniyati unda bo‘lsada u Turkistonning rivojlanmagan, tartibsiz hududi Osh shaharchasiga o‘z hohishi bilan xizmat qilishga boradi.

U yangi ish joyiga Kavkaz orqali Kaspiy dengiziga kelib, undan keyin Samarkand-Tashkent-Fergana temir yo‘li orqali qiyinchiliklar bilan yetib keladi.

O‘sh shahriga yetib kelgach boshlig‘i Sergeyem Andreyevichem Toporninim, uyezd boshlig‘i polkovnikom Vasiliyem Nikolayevichem Zaytsevim bilan uchrashadi, ular N. Korjenevskiyga moddiy va yangi joyga moslashib ketishida yordam berishadi.

Xizmat vazifasini o‘tash davrida u bo‘sh vaqtida do‘stlari ko‘magida dinoma-mashina yaratadi va bu orqali o‘zining uyini va bir nechta qo‘shnilarining o‘yini elektr energiyasi bilan ta’minlab yoritadi. 1902 yilda u geletelegraf stantsiyasini yaratib O‘sh va Jalolobadlarni ikki tomonlama aloqa qilishi imkoniyatini yaratadi.

Nikolay Korjenevskiy bo‘sh vaqtida o‘zini ustida juda qattiq ishlagan, jumladan astronomiya, geodeziya, meteorologiya, geologiya, glyatsiologiya, botanika va amaliy mutaxassisliklar telegraf ishlariga juda qiziqqan. Mana shularning hammasi unga O‘rta osiyo tog‘larida ekspeditsiya payti chuqur izlanishlar olib borishi uchun katta zamin yaratgan.

U 1903 yildan yildan boshlab u Pomir otryadiga xizmat vazifasini ko‘chiradi. Yangi ish yangi muhit unga ilmiy karera qilish uchun juda qulay bo‘lgan, u Pomir tog‘larni geogrof glatsiolog nuqtai nazaridan chuqur taqiq qildi. Shunisi qiziqarliki u ekspedetsiya paytida Pomirning eng baland chuqqisi Taldiqda(3615 metr) Ustunni uchratadi va unga inson ismi yozilgan bo‘ladi.

1903 yilning yozida N.Korjenevskiy 1500 kmni Sharqiy Pomir, Vaxana, Shugnana hududlarini bosib o‘tib, boy ilmiy material to‘playdi.

Pomirning turli tumanlarida u 1903 yilda 1928 yilgacha o‘n birdan ortiq ekspeditsiyalar uyushtirgan.

Keyingi 1904 yili u Muksu daryosi bo‘ylab ikki marta ekspeditsiya qiladi, u yerda tog‘ jinslarining boy kollektsiyasini yig‘di va I.Mushketov nomiga atalgan, Buyuk Pyotr tog‘ tizmasida ulkan muzlikni ixtiro qildi.

U 1905 yili ekspeditsiya payti Tojikistoning eng baland cho‘qqisida ikkita suratga tushdi. Bu cho‘qqining balandligi 7134 metr bo‘lib, Kaufman, Lenin va Abu ali Ibn Sino nomlari bilan ham atalgan.

U 1905 yili polkovnik Sergey Andreyevich Toporninaning qizi Yevgeniyaga uylanadi va u erining ekspeditsiya materiallarini tahlil qilishida yordamlashadi. Turmush urtog‘ining bo‘lgan muhhabbati ramzi sifatida u Pomirning 7000 metrlik cho‘qqisini “Evgenii Korjenevskoy cho‘qqisi” nomi bilan atagan. U bu cho‘qqini 1910 yilning 22 avgustida Pomirdagi navbatdagi ekspeditsiyalari chog‘ida zabt etgan.

U 1921-1928 yillarda Toshkent o‘rta Osiyo davlat universitetining geografiya kafedrasi professori, 1931 yildan boshlab geograflar jamiyati uyushmasi haqiqiy a’zosi hisoblangan. N.Korjenevskiy 1937 yili barcha ilmiy ishlari inobatga olinib, himoyasiz geografiya fanlari doktorlik unvoni beriladi. 1939 yili unga “O‘zbekiston SSRda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” faxriy unovoni beriladi. Shuningdek u to‘rt marta

O‘zbekiston SSR Yuqori Soveti Prezidiumi tomonidan faxriy yorliqlar bilan mukofotlangan.

Nikolay Leopoldovich Korjenevskiy 1985 yili Toshkent shahrida vafot etgan, u Botkinskiy qabristonida dafn etilgan.

Ishlari

U Pomir tog‘larini sinchkovlik bilan tadqiq qilgan, lekin unga butun dunyoda mashhurlikni 1928 yili Pomirning noyob xarita-sxemasini yaratganligi olib kelgan, shundan keyin birinchi bo‘lib meridional chuqqi iborasi kirtilgan. Muzloq vodiysi Qora-ko‘l dengizining sharqiy qirg‘og‘idagi “Abadiy” muzlik qatlamini Nikolayem Korjenevskiy birinchilardan bo‘lib ilmiy asoslab bergan. Bu kabi qiziqarli kashfiyotlarni u o‘zining «Muk-Su i yee ledniki» (Muksu va uning muzliklari) nomli monografiyasida ochib bergan.

U tomonidan O‘rta Osiyo muzliklarning katalogi ro‘yxati tuzilgan(1930), uning shaxsan o‘zi 70 dan ortiq yirik muzliklarni o‘rgandi va kashf qildi, Pomir va Tyanshandagi qator tog‘ cho‘qqilarini ilmiy asosladi. Uchta muzlik Karjenevskiy nomi bilan ataladi, u muzliklar Zaalayskom, Kokshaltau va Zailiyskiy Olatou cho‘qilarida joylashgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit