Krasnitskiy Gennadiy


1235

Tug‘ilgan sana: 1940 Yanvar 27
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Gennadiy Krasnitskiy (1940 - 1988) – O‘zbekistonning ko‘zga ko‘ringan hujumchisi, “Paxtakor” jamoasining ishonchli o‘yinchisi, murabbiy. Sport ustasi. Uni futbol ishqibozpari Krasnitskiy familiyasi e'lon qilinishi bilan u chiqqan mahal stadion bo‘ylab qarsak sadolari yangrardi. O‘zbekiston XX asrining eng yaxshi futbolchisi deb tan olingan. “Paxtakor” jamoasida 13 ta mavsumda o‘ynagan, 300 ta futbol matchini o‘tkazgan, 200 dan ortiq gol urgan. SSSR terma jamoasida 3 ta matchni o‘tkazgan, bir marta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.

Tarjimai hol

1940 yil 27 avgustda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 60-yillar paxtakorchisi Vitaliy Suyunov bir kuni Krasnitskiyni «Piщyevik» terma jamoasi stadioniga olib borgan.Kunlardan bir kuni «Piщyevik» terma jamoasi murabbiyi G.YermakovGenadiy Krasnitskiyni jamoasiga taklif qilganida o‘zida yo‘q xursand bo‘lib ketgan va u Genadiyning birinchi ustozi bo‘lgan. Krasnitskiy tufayli «Piщyevik» jamoasi 1954 yili barcha musobakalarda yutuqni qo‘lga kiritishadi va deyarli barcha gollar Gennadiy Krasnitskiy tomonidan amalga oshiriladi.

1956 yili ilk marta muxlislar Krasnitskiyni «Paxtakor» stadionida ko‘rishgan, u paytda O‘zbekiston yoshlar jamoasida o‘ynardi. 1958 yildan Krasnitskiy “Paxtakor” jamoasida 13 ta mavsumda ishtirok etgan. 1958 yil 13 aprelda “Metallurgiya” jamoasiga gol urib birinchi matchni ochib bergan.

U shu lahzalarni ana shunday xotirlaydi: Birinchi o‘yinni hech qachon esimdan chiqarmasam kerak. “Paxtakor” tarkibiga kirganimda juda qattiq hayajonlanganman. Balki hayajonlarim u qadar ta'sirli bo‘lmagandir. Tomoshabinlar bizni qanday qarshi olishadi, degan o‘y o‘tardi. Keyin o‘yladim: agar shu alfozda o‘yinni davom ettirsam, mendan nima foyda? Vaziyatga qarab o‘yinni davom ettirdim, shunda bajarayotgan harakatlarim erkin va yengil tus oldi. So‘ng to‘pni darvoza tomon yo‘lladim va gol urdim».

1960 yil Gennadiy Paxtakora» oliy ligasida birinchi matchida o‘ynab, ilk marta gol urgan, uni oliy ligaga qo‘shishgan. Krasnitskiy hayratomuz tarzda katta futbolga kirib keladi. 60-mavsumida u 19 ta to‘p kiritdi (bu debyutant uchun misli ko‘rilmagan natija edi).“Paxtakor” jamoasi murabbiyi A.Keller tomonidan tayyorlangan oliy ligani birinchi mavsumida Krasnitskiy-Stadnik oldinma-ketin o‘yinni juda yaxshi boshlab berishdi.

1961 yil chempionatida “Paxtakor”ga barcha jamoa a'zolari boshqacha yondashardi, aniqsa oliy liganing darvozabonlari Krasnitskiydan hadiksirashardi, agar tizzalari qaltirardi desak mubolag‘a bo‘lmas. Buni birinchi bo‘lib armanlar his qilishdi uchta golni o‘tkazib yuborgandan keyin “Paxtakor” jaoasidan. Keyingi match Minskda bo‘lib o‘tdi, Gennadiy yana muxlislarini quvontirib, “Belarus”lar jamoasiga to‘p surdi.

Ketma-ket muvaffaqiyatli goldan keyin Krasnitskiyni Polsha terma jamoasi va SSSR terma jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuviga taklif etishdi.

Yevropa kubogi g‘oliblari — Yashin, Medakin, Netto, Choxeli, Voronin, Manoshin, Metreveli, Ivanov, Bubukin vaMesxilar to‘liq tarkibda ishtirok etishdi. Markaziy hujumchi o‘rnidayigirma yoshdagi Valeriy Lobanovskiy o‘ynardi, ikkinchi taymda uning o‘rniga Krasnitskiy maydonga chiqdi.

1961 yil Gennadiy uchun mavsumiy ko‘rsatkich bo‘ldi. 24 matchda 20 marta darvozaga to‘p yo‘lladi, bu degani match davomida 0,83 gol urdi – bu albatta yuqori ko‘rsatkich sanaladi, o‘rtacha 5 matchdan faqatgina Gennadiy raqib tomondan yo‘nalgan bitta ham to‘pni darvozaga o‘tkaztirmadi. Umuman olganda eng yaxshi taniqli hujumchi ham birinchi ikkinchi mavsumda debyutant bo‘lib 39 ta golni darvozaga yo‘llamagan.

1962 yil Krasnitskiy tufayli “Paxtakor” chempionatda oltinchi o‘rinnni egallashga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, Krasnitskiy “Sport ustasi” faxriy unvoniga ega bo‘ldi.

Bir qancha mamlakatlar bo‘ylab turli terma jamoalarida futbol maydonlariga tushdi. 1963 yil mavsum yakuni bo‘yicha Krasnitskiy Janubiy Amerika terma jamoasi tarkibida o‘ynadi.

1966 yil 25 noyabrda Spartak tomonga jarima to‘pi amalga oshirilganda Moskva “Spartak” jamoasi bilan o‘ynaganda Krasnitskiy yana bir ajoyib golni darvoza tomon yo‘llagan.

Gretsiyadagi xalqaro matchda Gennadiy yana bir to‘pni darvoza tomon yo‘llagan. 1969 yilning sentyabr oyida 100 ta to‘pni darvozaga surdi.

«Paxtakor» jamoasida Krasnitskiy 13 mavsumni o‘tkazdi. Moskva, Kiyev va boshqa shaharlardan tushgan har qanday va'dalarga qaramasdan Gennadiy faqat bir jamoada o‘ynadi. U "Paxtakor" chempionatlarida, xalqaro va kubog o‘yinlarida, 400 dan ortiq uchrashuvda maydonga tushgan, 200 dan ortiq gol urgan.

yin faoliyati tugallanayotganida Krasnitskiy “Traktor”, qadrdon “Paxtakor”, “Yangiyer”, Jizzaxdagi “Yulduzcha” jamoalarida murabbiy bo‘lib ishladi.

1988 yil haqiqiy futbol muxlislari, millionlab qablarni larzaga solgan “Futbol”da chiqqan “48 yoshida sport ustasi Gennadiy Aleksandrovich Krasnitskiyning hayoti fojeali yakun topdi...” degan ta'ziyanoma edi.

Jahon futbol ensiklopediyasiga Gennadiy Krasnitskiy (dunyo bo‘ylab mashhur futbolchilar nufuzli ro‘yxatidan joy olgan, undan tashqari O‘zbekistonning yana uchta futbolchisi - Birodar Abduraimov, Mixail Antonov, Vladimir Fedorovlar) qayd etildi

Futbol muxlislari uni nafaqat ajoyib futbolchi va murabbiy sifatida, balki o‘z diyoriga sodiq qolib, O‘zbekiston “Paxtakor” jamoasiga bo‘lgan sadoqatini bilishadi. Atoqli olimlar va jurnalistlar tomonidan o‘tkazilgan so‘rovnomada Gennadiy Krasnitskiy eng yaxshi futbolchi deb tan olingani ayni haqiqatdir.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit