Kurbanov Marat Galiyevich


673

Tug‘ilgan sana: 1954 Yanvar 10
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Kurbanov Marat Galiyevich — Yakkama-yakka kurash bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi boks bo‘limi murabbiyi. Mazkur vazifada 2015 yil boshidan boshlab ishlab kelmoqda.

Tarjimai hol

Kurbanov Marat Galiyevich, 1954 yilning 10 yanvarida Toshkent shahrida tavallud topgan. Umumiy mehnat staji 40 yil. 

1994 yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Faxriy yorliq” berilgan. 2011 yil “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” unvoni berilgan. 2016 yil O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport murabbiyi.

M.Kurbanov rahbarligi ostida O‘zbekiston milliy terma jamoasi Respublika va xalqaro miqyosdagi turli musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritishgan.

Mehnat faoliyati

1976 yildan Spartak sport jamoasi murabbiyi sifatida faoliyatini boshlagan. 2005 yildan hozirgi kungacha Yakkama-yakka kurash bo‘yicha Respublika oliy sport mahorati maktabi boks bo‘limi murabbiyi

Davlat mukofotlari

•1994 y. “Prezident devoni faxriy yorlig‘i”

•2011 y. “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi” unvoni

•2016 y. “Mehnat shuhrati” ordeni

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit