Kurbanov Rashid Magomedovich


385

Tug‘ilgan sana: 1987 Fevral 16
Tug‘ilgan joyi: Maxachqal'a Dog‘iston Respublikasi
Yo‘nalishlar: Sportchilar

2009 yildan erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi. Xalqaro toifadagi sport ustasi. 7 karra O‘zbekiston chempioni.

R.Kurbanov sportning erkin kurash turi bo‘yicha mamlakatimiz sharafini xalqaro sport arenalarida munosib himoya qilayotgan tajribali sportchilarimizdan hisoblanadi.

R.Kurbanov erkin kurash bo‘yicha xalqaro miqyosdagi turli musobaqalarda ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan.

U 2011 yil Rossiyaning Maxachqal’a shahrida bo‘lib o‘tgan jahon Kubogi va Turkiyaning Istambul shahrida o‘tkazilgan jahon chempionati ishtirokchisi, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionati g‘olibi.

2012 yil Qozog‘istonning Astana shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro turnirning oltin medalini qo‘lga kiritgan.

London (Buyuk Britaniya) shahrida bo‘lib o‘tgan XXX yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi.

2013 yil Hindistonning Dehli shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida oltin, Vengriyaning Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida bronza, Ozarboyjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan “Oltin toj” turkumiga kiruvchi Gran-Pri turnirida ham oltin medallarni qo‘lga kiritgan.

2014 yil Janubiy Koreyaning Incheon shahrida tashkil etilgan XVII Osiyo o‘yinlarida g‘olib chiqib, oltin medalga egalik qilgan.

2015 yil Frantsiyaning Parij shahrida bo‘lib o‘tgan Gran-pri turnirida oltin medal, Qatarning Doxa shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida bronza medallarga sazovor bo‘ldi.

2016 yil Qozog‘istonning Astana shahrida bo‘lib o‘tgan xalkaro turnirning bronza medalini qo‘lga kiritgan.

R.Kurbanov irodali sportchi, kamtarin inson sifatida terma jamoa a’zolari va ustoz-murabbiylar orasida obro‘-e’tibor qozongan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit