Kutuyev Rinat Munirovich


2247

Tug‘ilgan sana: 1984 Yanvar 9
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1984 yilning 9 oktyabrida Toshkent shaxrida tug‘ilgan. Karate bo‘yicha Markaziy Osiyo chempioni. Rinat Kutuyev Avstraliyaning ochik, chempionatida (1999 yil) biryo‘la 6 ta oltin medalni qo‘lga kiri-tishga muvaffaq bo‘ldi.

Tarjimai hol

5-dan "Qora belbog‘" sohibi, mohir murab-biy Xo‘jamqul Xo‘jaqulovdan karate sirlarini o‘rgangan Rinat qisqa vaqt ichida katta muvaffaqiyatlarga erishdi. U 1996 yildan buyen Uzbekiston chempioni degan sharafli nomni o‘z qo‘lida saqlab keladi.

U Avstraliyaning ochik, chempionatida (1999 yil) biryo‘la 6 ta oltin medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Shu yili Germaniyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada 1 ta oltin va 3 ta bronza medalini ko‘lga kiritdi.

2000 yili Vengriyaning Budapesht shahrida yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan jahon kubogi musobaqalarida esa 2 ta oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Rinat Kutuyev ayni paytda Toshkentdagi 166-iqtisodiyot litseyida ta’lim olmokda. U 2004 yili Gretsiyaning Afina shahrida o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarida mamlakatimiz sharafini munosib himoya etish niyatida.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit