Lavrik Aleksandr Fyodorovich


659

Tug‘ilgan sana: 1927 Noyabr 5
Vafot etgan sana: 2010 May 28
Tug‘ilgan joyi: Kemerov viloyati
Yo‘nalishlar: Matematiklar

Aleksandr Fyodorovich Lavrik 1927 yil 5 noyabrda sobiq SSSRning Kemirovskiy viloyatidagi Georgiyevkaqishlog‘ida tug‘ilgan. O‘zbekiston fanlar akademiyasi akademigi. A.A.Markov nomidagi mukofot lauriyati.

Aleksandr Fedorovich Lavrik 1952 yili Farg‘ona davlat pedagogika institutining matematika fani o‘qituvchisi mutaxassisligi bilan tugatgan.

U 1958 yilda “Sonlar nazariyasining ayrim additiv vazifalari” nomli nomzodlik, 1967 yili “Direxli funktsiyasining funktsiyali tenglamalar yaqinlashi va funktsiyalari” nomli doktorlik dissertatsiyasini Moskva shahridagi Matematika institutida yoqlaydi.

U 1967 yillarda Toshkent temiryo‘l va transport institutining “Oliy matematika” kafedrasi mudiri bo‘lib ishlagan.

Derexli funktsiyasidagi yaqinlashuvchi tenglamalarga oid keyingi ishlari uchun unga 1977 yilda A. A. Markova nomidagi mukofoti topshirilgan. 1987 yildan u temir yo‘llar faxriy xizmatchisi hisoblanadi.

Aleksandr Fedorovich 1977 yili “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan davlat arbobi” unvoni bilan taqdirlanadi. U 1989 yili Fanlar akademiyasining a’zosi, 2000 yildan esa akademigi hisoblanadi. U ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, 10 ta medal medal sohibi ham sanaladi.

Akademik Aleksandr Fedorovich matematikada funktsiyalarning tahliliy nazariyasi, sonlar nazariyasi sohalarida dunyo miqyosida yetuk olim hisoblanadi.

Hozirgi kunda u Riman gipotezasining yechimi ustida izlanishlar olib boryapti, u masala sonlar nazariyasiga oid bo‘lib, minngyillik muamma sifatida ham qaraladi.

Aleksandr Fedorovich 100 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi bo‘lib uning kattagina qismi tarjima qilinib xorijiy jurnallarda chop etilgan. U 6 nafar doktor va 10 nafar fan nomzodarini tayyorlagan

Akademik Aleksandr Fedorovich Fanlar akademiyasi akademigi “O‘zbek matematikasi” jurnali tahririyat a’zosi hisoblanadi.

U doimiy Rossiyada o‘tkazilinib kelinayotgan “Sonlar nazariyasining zamonaviy muammolari” konferentsiyasining doimiy a’zosi hisoblanadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit