Lerner Pyotr Mixaylovich


601

Tug‘ilgan sana: 1922 Fevral 23
Tug‘ilgan joyi: Ukraina
Yo‘nalishlar: Shifokorlar

Pyotr Mixaylovich Lerner — O‘zbek sovet tibbiyot olimi, epidemiolog, tibbiyot fanlar doktori (1971), professor (1972), yozuvchi. Sog‘liqni saqlash a’lochisi (1958), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan shifokor (1966), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980).

Tarjimai holi

1922 yil 23 fevral Ukraina Xmelnis viloyatining Shepetovka shahrida tavallud topgan.

Oilasi

  • Onasi — Batsheva Gershovna Veytsman.
  • Otasi — Meylax Duvidovich Lerner.
  • Rafiqasi — Olga.
  • Qizlari — Natalya va Tatyana.
  • Nabiralari — Vladik (Zeev), Roma va Irina.


Ish faoliyati

1944 yilda institutni tugatgan. Frontda bo‘lmagan.

  • U tuman, shahar va viloyat sanitariya va epidemiologiya stantsiyalarida (Samarqand) bosh shifokor bo‘lib ishlagan.
  • Samarqand viloyatining bosh epidemiologi.
  • Samarqand tibbiyot institutida — assistent, dotsent, professor.
  • Epidemiologiya kafedrasi mudiri (1978-1994 yillarda)
  • Samarqand tibbiyot instituti dekani (1970-1976 yillarda).
  • Ilmiy ishlar bo‘yicha prorektor (1976-1985 yillarda).


Ishlab chiqdi

Gimenolepidozni davolash bo‘yicha yangi uslubini ishlab chiqdi. Xalqaro sog‘liqni saqlash tashkilotida (Jeneva, 1975) Gelmintoz tashhisining samarali uslubi tasdiqlandi. U yuqumli kasalliklarni oldini olish kurashish va profilaktika bo‘yicha keng ilmiy amaliyot tizimini ishlab chiqdi va joriy etdi. Natijada ushbu kasalliklar bir necha bor kamayishiga erishildi. P.Lerner bir qancha yuqumli kasalliklar vabo, chechak, toshmali tif, o‘lat, qorin tifi, poliomiyelit, difteriya, va boshqa xastalikliklarni ildiz otib ketmaslik va uni bartaraf etishda respublikamizdagi bir qancha uchrashuvlarda bevosita ishtirok etdi. U nafaqat O‘zbekistonda balki O‘rta Osiyoning barcha hududlarida tibbiyot bo‘yicha oliy ta’lim muassasalarining davolash fakultetida birinchi va yagona epidemiologiya kafedrasini tashkil edi. U 11ta xalqaro kongress ishida ishtirok etdi. U bir necha kitob va ilmiy ishlar muharriri. Ilmiy xodimlarni tayyorlashda faol ishtirok etdi.

Mukofotlari

  • P.M.Lerner biologiya va tibbiyot fani rivojlanishiga qo‘shgan katta hissasi va gelmintozga qarshi kurashish bo‘yicha ishlab chiqqan nazariya va amaliyoti uchun O‘zbekiston fanlar akademiyasi tomonidan Vazirlar kengashi yubiley medali bilan taqdirlandi.
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit