Leviyev Manas Betyanovich


1798

Tug‘ilgan sana: 1912 Iyul 25
Vafot etgan sana: 1990 Aprel 30
Tug‘ilgan joyi: Nanamgan
Yo‘nalishlar: Bastakorlar

O‘zbekiston xalq artisti Manas Betyanovich Leviyev (1912-1990) ayniqsa valsga muhabbati o‘zgacha edi. U bu jonli kuy orqali hayotga bo‘lgan ishonch, uning uyg‘unligi va jozibadorligini oshiradi deb bilgan. Darhaqiqat, Leviyevning ijodiy merosida 11 ta musiqiy-sahna asari, 12 ta spektaklga musiqa, 7 ta kinofilm, bir qancha kantatni o‘z ichiga olgan. Qo‘shiq faqat boy milliy koloritligi bilan farqlanmaydi, uning ohangi, aniqsa mayinligi, ritmga tushishi bilan jozibador sanaladi.

«Leviyev – o‘zining barcha iste'dodini musiqa san'atiga bag‘ishlagan va ijodiy faoliyatini ko‘p millatli jamoaga xizmat qilishda davom etgan bastakorning baxtli taqdiri ana shunday boshlanadi – deb qayd etiladi o‘zbek musiqashunosi A.Jabborov Leviyev Manasning hayoti va ijodi haqidagi kitobda. U milliy musiqa madaniyatining rivojiga katta hissa qo‘shgan, asarlarida xalqning samimiy muhubbatini tarannum etgan. Afsuski, bugungi kunga kelib bastakorning 1986 yilda yozilgan birgina ocherk taniqli O‘zbekiston madaniyat arbobi haqida saqlangan.

Bugungi kunda uning kuylari va qo‘shiqlari qulog‘imiz ostida jaranglaydi, - bastakorning birgina musiqasini olaylik “Mahallada duv-duv gap” (rejissyor Sh.Abbosov) yoki “Maftuningman” (rejissyor Yu.Agzamov) lekin bu iste'dodli muallif haqidagi ma'lumotni topish ochiqdan-ochiq biroz mushkul. Uning tarjimai holi juda ajoyib, ko‘pqirrali ijodiga qaraganda.

Tikuvchi Benyamin va uy bekasi Bloriya Leviyevlar oilasi Namangandagi oilalardan ajralib turardi. Ularning naqd 11 nafar farzandlarini musiqa va qo‘shiqqa bo‘lgan ishtiyoqi kuchli bo‘lgan. Lekin ularning oilasida iqtidorli musiqachi yo‘q edi, biroq kechqurunlari oila arofida yig‘ilib qo‘shiq kuylash, dutor, nay, doira chalish an'anaga aylangan edi. Bunday mo‘'jazgina davraga faqatgina do‘stlari emas, balki qo‘shnilar va tanishlar ham bu kuy sehridan bahramand bo‘lishardi. Ayniqsa tomoshabinlar kenja o‘g‘il Manasning chiqishini qiziqish bilan kutishardi — u uzbek va tojik kuy va raqslarini mahalladagi to‘ylardan ko‘rib ijro etib berardi. U mashhur hofizlarning chiqishlarini shahar choyxonalari va bozor maydonlarida eshitardi.

1922 yil Leviyevlar oilasi Samarqandga ko‘chib keladi, u yerda Manas ikkita maktabda – Turon o‘zbek va №26 tojik-yahudiy maktabida tahsil oladi. Samarqand yog‘och me'morchiligi, hunarmandchilik, savdo rastalari, xususan musiqa va teatr madaniyati “Men uchun ruhiy madaniyatimni shakllantirgan hayotiy manba” deya xotirlaydi bastakor. Samarqandda 12 ta fleytachilardan tashkil topgan “Naychilar” maktab ansamblini ochishni yosh Manasga topshirishadi. Bu ansambl shaharda mashhur bo‘lib ketadi.

Yosh Manasdagi qobiliyatni, 1926 yil Samarqand gastrol xizmat safariga kelgan taniqli Buxoro qo‘shiqchisi Levi Baxanov farqlaydi. Ana shu bulbulovoz Buxoroning so‘nggi amiri Said Olimxonning hofizi Manasni dutor, naydagi ijrosini ko‘rib, musiqa bilan jiddiy shug‘ullanish kerakligi va bunda kerak bo‘lsa o‘z yordamini berishini aytadi. Lekin Manasning otasi qattiq og‘irlashib qolgach, qanchadir vaqtga u o‘qishini davom ettira olmaydi. Oradan 4 yil o‘tgach, Leviyev 1930 yilda Samarqand ilmiy-tadqiqot institutining musiqa va xoreografiya yo‘nalishiga kirib o‘qiydi. U yerda u bo‘lajak bastakorlar M.Ashrafiy, M.Burhonov, M. Kalantarov, T.Sodiqovlar bilan o‘qishga muyassar bo‘ladi. Bu dargohda Manas musiqa san'atini o‘rganadi.

Musiqaning nozik sirlarini o‘rganish uchun 1933 yil Musorgskiy nomli Leningrad musiqa texnikumida Manas o‘qishga boradi. Neva shahriga kelgandan keyin ilk simfonik konsertga tushganida Betxoven va Chaykovskiy asarlaridan ilhomlanib Leviyev: “Men ko‘z yoshlarimni tutib turolmadim” deb eslaydi bastakor konsert haqidagi xotiralarida. — men go‘yoki qanot chiqarib ko‘kka parvoz qilgandek bo‘ldim».

Leviyev Manas (Menashe) Betyanovich (1912.25.7, Namangan— 1990.30.4, Toshkent) — kompozitor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1962), O‘zbekiston xalq artisti (1972).

Samarqand musiqa va xoreografiya institutida ta’lim olgan (1930—32), Leningrad konservatoriyasini tugatgan (1944). 2-jahon urushi qatnashchisi (1941—42).

Leviyev Manas ijodida o‘zbek va tojik xalqlari ohanglari kompozitorlikka xos ko‘p ovozlik vositalar bilan uyg‘unlashgan.

Kuylari nafis va jozibador, garmoniyasi oddiy va shirador bo‘lib, deyarli barcha asarlari hayot-baxsh, ko‘tarinkilik ruhi bilan sug‘orilgan. Ko‘p qirrali ijodida vokal musiqasi asosiy o‘rin tutadi: «Dilistonim, sen mening», «Go‘zal tong», «Sadoi bulbul» kabi romanslari, «O‘zbek qizi ovozi», «O‘rik gullagan-da» singari qo‘shiqlari va b. Leviyev Manas o‘zbek musiqali dramasi va ayniqsa, musiqali komediya janrining rivojiga katta hissa qo‘shgan. «Oltin ko‘l» (Uyg‘un, 1949, oxirgi tahriri 1958), «Toshbolta oshiq» (H. G‘ulom, 1961), «Toshkentning nozanin malikasi» (H. Muhammad, 1978), «Qizil durrali nozik niholim» (Ch. Aytmatov, H. G‘ulom, 1978) asarlari mazkur janrning barkamol namunalariga aylandi.

Leviyevning «Suhayl va Mexri» (M. Burhonov, Ik. Akbarov bilan hamkorlikda, 1958), «Mahallada duv-duv gap» (1961), «O‘tgan kunlar» (1969) kabi kinofilmlarga yozgan musiqasi yorqin va ommabop ohang hamda usullari bilan ajralib turadi. Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1979).

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit