Lunin Boris Vladimirovich


608

Tug‘ilgan sana: 1906 Iyul 18
Vafot etgan sana: 2001 Oktyabr 18
Tug‘ilgan joyi: Jeneva
Yo‘nalishlar: Tarixchilar

Boris Vladimirovich Lunin (18 iyul 1906, Jeneva - 18 oktyabr 2001 yil, Toshkent)- sovet va o‘zbek tarixchi olimi, manbaashunos, bibliograf, tarix fanlari doktori (1966), professor (1970), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1973).

Boris Vladimirovich Lunin 18 iyul 1906 yil Jenevada Rossiyalik iqtisodchi emigrantlar oilasida tug‘ilgan.

1941 yil ikkinchi Jahon urush vaqtida B.V. Lunin Janubiy frontda muqim harbiy xizmatni o‘tagan. 1942-1953 yillari Lunin Turkistoning harbiy okrugida harbiy xizmatni o‘tagan va shu tumandagi harbiy ta’lim muassasalarida ijtimoiy-iqtisodiy siklining katta o‘qituvchisi va boshlig‘i bo‘lgan. 1953 yilda istefoga chiqandan so‘ng u ilmiy kotib sifatida O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Tarix va arxeologiya instituti katta ilmiy xodimi bo‘lgan, so‘ngra esa Fanlar akademiyasi ijtimoiy fanlar kafedrasi ilmiy kotibi bo‘lib faoliyat yuritgan.

1968 yil B.V. Lunin Tarix institutida sektor mudiri bo‘lib ishlagan va shu yili institutda bosh ilmiy xodim bo‘lgan.

B.V. Lunin bu kabi boshqa jurnallarda maqolalarni chop etgan :«Voprosi istorii», «Otechestvennaya istoriya», «Vestnik drevney istorii», «Rossiyskaya arxeologiya», «Nauka i jizn», «Nauka i texnika», «Narodi Azii i Afriki».

B.V. Lunin 25 kitob, 50 risola va 600 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. U qirq yil “O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnalida tahririyat kengashi a’zosi bo‘lgan, 14 tomlik O‘zbek entsiklopediyasining bosh tahririyati kollegiyasining a’zosi bo‘lgan

B.V. Lunin 18 oktyabrda 2001 yil Toshkentda vafot etgan va Dombirobotdagi qabristonga dafn etilgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit