Madayev Omonulla


791

Tug‘ilgan sana: 1942 May 20
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Adabiyotshunoslar, O‘qituvchilar

O.Madayev 1942 yil 20 mayda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 1964-yilda Toshkent davlat universiteti filologiya fakultetini tugatgan. 1958-yildan Toshkent shahar 1-maktab-internatida o‘qituvchi, 1964 yildan Toshkent shahar 82-o‘rta maktabda o‘qituvchi, 1966 yilda ToshDU O‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida katta laborant. 

1982-yildan buyon Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti o‘zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelgan. 

1973-yilda “Xorazm xalq dostonlarining o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Ko‘plab ilmiy ishlar, 5 qo‘llanma, 5 uslubiy qo‘llanma muallifidir. Olim “Insho qanday yoziladi” (1989) qo‘llanmasi; 7, 9-sinflar uchun “Vatan adabiyoti” darsligi, akademik litseylar uchun “Xalq og‘zaki poetik ijodi” darsligi muallifi.

Olim 1987-yilda universitet ilmiy kengashi qarori bilan “Mohir pedagog” unvoniga sazovor ko‘rildi. 1990-yilda xalq maorifi a’lochisi, 2004-yilda “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit