Madina To‘xtayeva


974

Tug‘ilgan sana: 1948 yil
Tug‘ilgan joyi: Termez
Yo‘nalishlar: Aktyorlar

Madina To‘xtayeva 1948 yili Termiz shahrida tavallud topdi. U o‘rta maktabni bitirib Toshkent Davlat San’at institutiga o‘qishga kirib tahsil oldi. Madina To‘xtayeva 1969 yil “Yosh gvardiya” teatriga ishga kirdi va shu kungacha shu dargohda faol ishlab kelmoqda. Uning birinchi o‘ynagan roli yozuvchi Shuxrat domlaning “Besh kunlik kuyov” spektaklida O‘lmasxon roli edi. Madina To‘xtayeva 39 yildan beri shu teatr sahnasida 100 dan ortiq turli tuman obrazlar yaratdi. Jumladan:

  • M. Bayjiyev. “Duel” da hamshira
  • A. Ibragimov. “Birinchi bo‘sa” da Feruza
  • Sidqiy. “Non, qon, inson” da Safsanshum qadam
  • S. Tilla. “Oydin”da Oydin
  • Yo. Sarova. “Nomzodlar”da Muhabbat Sobirovna
  • M. Xayrullayev. “Tinmasin soz”da Oyjamol
  • Ostrovskiy. “Qachongacha moy yeysan” da Agnil
  • E. Xushvaqtov. “Eski muhabbat” da Kelin
  • Muxammadjonov. “Hayot baribir go‘zal” da Qaynona
  • A.Qahhor. “Ayajonlarim” da Shakarxol va xokazo.

Filmografiyasi:

  • Vafodorim — 2013 yil
  • Mehribonim — 2010 yil.
  • Arosat — 2009 yil.
  • Ulfatlar -2 — 2008 yil
  • Zabarjad — 2007 yil.

2000 yil teatr sahnasidagi faoliyati uchun Madina To‘xtayeva Xukumatimiz tomonidan O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlandi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit