Malliskiy Nikolay Guryevich


1088

Tug‘ilgan sana: 1873 Sentyabr 30
Vafot etgan sana: 1947 Oktyabr 30
Tug‘ilgan joyi: Rossiya imperiyasi
Yo‘nalishlar: Geograflar

Mallitskiy Nikolay Guryevich (1873-1947) - sharqshunos olim, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1945). 1895 yildan buyon Toshkent shahrida istiqomat qilgan. 1901 yildan 1906 yilgacha - “Turkiston vedomosti” gazetasida bosh muharrir, 1907 yildan boshlab bosh redaktor «kazennoy» gazeta «Turkestanskiye vedomosti».1907 йил январда - Toshkent shahar o‘z-o‘zini boshqarish boshqarmasi boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan.

Tarjimai hol

Nikolay Guryevich Mallitskiy Orenburg viloyatining Dedovo qishlog‘ida 30 sentyabr 1873 yilda tavallud topadi.
Uning otasi - Guriy Aleksandrovich Mallitskiy mahalliy ruhoniyning uchinchi o‘g‘li bo‘lib, Dedovo qishlog‘ida uzoq yillar muallimlik qiladi.
Onasi - Yelizaveta Petrovna Molchanova ham o‘qituvchilik bilan shug‘ullanib, Dedovo qishlog‘iga Orenburgdagi ayollar gimnaziyasini bitirib kelgandi.

Nikolay Guryevich oilada to‘ng‘ich farzand hisoblanib, uni yana ikkita singlisi: Nina va Yelena bor edi. 1881 yil mart oyida Aleksandr II ga “Narodnaya volya” tashkilotchilari tomonidan suiqasd uyushtirilgach, Guriy Aleksandrovich Mallitskiy muallimlikdan ketadi, chunki u “Narodnaya volya” tashkilotchilari a'zosi edi. Shundan so‘ng uning oilasi Xabarovskka ko‘chib kelishga majbur bo‘ladi.

O‘sha vaqtlarda Nikolay Guryevich endigina 12 yoshni qarshi olgandi, u Orenburgdagi gimnaziyada ta'limni davom ettirayotgani uchun buvisi qaramog‘ida qoladi

1891 yil bahor oyida Nikolay buvisidan ayriladi. Xuddi shu yili u gimnaziyani oltin medalga tamomlab, Sankt-Peterburgdagi Peterburg pedagogika institutiga o‘qishga kiradi.

 1895 yil Sankt-Peterburg pedagogika institutining tarix-filologiya fakultetini muvaffaqiyatli bitirib chiqadi. Institutni tamomlagach, O‘rta Osiyoda tanilgan eng yaxshi olimlar - Kedrov, Mushketov, Semyonov-Tyanshanskiylar ma'ruzalarini tinglagan bo‘lajak olim, bolalik chog‘idan orzu qilgan Toshkentga yo‘l oladi. Lekin uning Sankt-Peterburgdagi pedagogika institutida qolishga imkoniyati bor edi.

Toshkenda u gimnaziya direktorining qiziga uylanadi. U bo‘lajak umr yo‘ldoshi Olga Nikolayevna bilan 1896 yilda tanishadi va bir ko‘rishda muhabbat paydo bo‘ladi. Oradan bir yil o‘tgach, ular turmush qurishadi.

N. G. Mallitskiy 1898 yilga qadar Tarix va geografiyadan maruzalar o'qidi. O'sha vaqtlarda Nikolay Gurevich ilmiy tadqiqot bilan qattiq shug'ullandi.

U Toshkentga kelgandan keyin o‘zbek va arab tillarini mukammal o‘rgandi. Keyinchalik u tojik tilini ham o‘zlashtirib oldi.

Toshkent gimnaziyasida uzoq yillar ishlagach, uni “Turkiston vedomosti” gazetasiga bosh muharrir lavozimiga taklif etishadi. U bu gazetada 1901-1906 yilga qadar bosh muharrrir bo‘lib ishlaydi.

1926 yil Mallitskiy professor unvoniga sazovor bo‘ladi, OTMlarda va boshqa joylarda o‘qituvchi-talabalarga ma'ruzalar o‘qiydi. 

General gubernatori Nikolay Tevshova 1905 yilda vafot etgandan so'ng Dean Ivanovich Subbotich Turkiston general gubernatori etib tayinlandi. Gubernator N. G. Mallitskiyni tojik tilini yaxshi bilgani sababli mahalliy aholini turish turmushini o'rganish maqsadida Buxoro amirligiga yuboradi.

Mallitskiy Grigoryev bilan birgalikda Subbotich topshirgan vazifani bajarish bilan bir vaqtda Buxoro amirligi haqida ma'lumotlarga ega bo'ldi.

Mansab pog'onasida muvaffaqiyatsizlikka uchraganda (davlat maslaxatchisi unvoni berilgan edi) Nikolaya Guryevich sarosimaga tushib qoldi. 1906 yil kuz oylarida N. G. Mallitskiy Duma shaxri hokimligiga o'z nomzodligini qo'ydi va 1907 yil 9 yanvarda Toshkent shahar hokimi etib tayinlandi.
Yosh va shijoatkor shahar hokimi shahar meri raxnamoligida shahar iqtisodiy ahvolini tikladi va Adliya vazirligi yangi tashkil topgan jamoa uchun katta masuliyat, Toshkent shahrini takomillashtirish yuzasidan jiddiy ish olib uchun buyruq berdi. Avvalo shahar kengashi irrigatsiya tizimini yaxshilashga kirishdi.
Uning hukmronlik vaqtida Toshkentda tramvay qurildi. Niyozbek Chirchiq bo'yicha shaxar elektor tarmog'i yuzasidan loyiha ishlab chiqadi.

8 mart 1945 yil Nikolay Guryevich Mallitskiy doktorlik dissertatsiyasiz doktorlik nomzodini qo‘lga kiritgan.
U 1947 yil yurak xurujidan vafot etadi. 

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit