Markevich Albina Vitoldovna


816

Tug‘ilgan sana: 1930 Iyul 25
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Shoirlar

Albina Vitoldovnani Respublikamizda barcha taniydi. Uning yoqimli ovozi “Toshkent” radioto‘lqinlari uzra hamisha yangrab turadi, shuningdek u O‘zbekiston rus madaniyat markazi a'zosi va A.Axmatova muzeyisining jamoaviy direktori sanaladi.

Albina Vitoldovna Toshkentda tug‘ilib-o‘sgan. U Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutining filologiya bo‘limini muvaffaqiyatli tamomlab chiqqan. Keyin bir qancha yillar mobaynida Termiz va Toshkent shaharlari maktabida o‘quvchilarga saboq bergan. Kechinchalik u I.Ye.Repin nomidagi Leningrad rassomchilik, grafika va arxitektura instituti (tarix san'ati va nazariyasi fakultetini) bitirgach, Toshkentdagi badiiy teatr va pedagogika institutida talabalarga saboq beradi.

1977 yil filologiya guruhi bilan S.Yesenin muzeyini tashkil etishda faol ishtirok etgan va u yerdagi faoliyatini 1996 yilgacha davom ettirgan.

1994 yil O‘zbekiston rus madaniyati markazi boshqaruv tarkibiga kirib, Pushkin jamoa tashkilotida, adabiyot klublarida va boshqa madaniy-ma'rifiy tadbirlarda o‘z ijodiy she'rlari bilan faol ishtirok etib kelgan.

Teatr, adabiyot va boshqa sohaga bo‘lgan qiziqishi uni ijodiy jamoaga yetakladi. 18 dekabr 1999 yil u Rus madaniyati markazi qoshida DK TTZ MCHJ bazasida «Mangal hovlisi» A.Axmatova jamoaviy kulubi muzeyini tashkil etdi va bugungi kunda ham u muzeyning jamoaviy rahbari hisoblanadi.

Shu yillar mobaynida uning «Yesenin dunyosi», «Mangal hovlisi», «Pegas qanoti ostida» vaboshqa bir qancha to‘plamlari nashrdan chiqqan. Shoira Albinaning ijod namunalari «Sharq yulduzi» jurnali va mahaliy nashrlarda o‘zining muallifligi ostida «Lahza» (Mig) (1999 y.), «Men hayotmanmi?!» «Jiva ya?!» (2000y.), «Yer shari kemasida» (2002 y.) va «Momaqaymoq» (2007y.) to‘plamlari chiqqan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit