Matniyazova Gulnoza


1130

Tug‘ilgan sana: 1994 Avgust 10
Tug‘ilgan joyi: Xorazm
Yo‘nalishlar: Sportchilar

O‘tgan yili Sarayevoda o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionatida dzyudochi qizimiz jahon chempionligini qo‘lga kiritgan edi. Bu yil esa yana bir dzyudochi qizimiz biz sport muxlislarini xursand qildi. Rio olimpiadasida ilk bor yurtimiz sporti tarixida dzyudo qizimiz o‘z omadini sinab ko‘radi.

Tayyorgarlikning katta qismini Vengriyada o‘tkazdi. 1 oydan sal ko‘proq vaqt mobaynida bu yerdagi xorijiy yig‘inda bo‘ldi. Braziliyaga uchib ketishdan avval ona yurtidagi so‘nggi yig‘in Chirchiqda kechdi. Buyog‘iga endi yana bir necha kunlik yig‘in Braziliyada davom etadi.

Gulnoza Matniyazova 2016 yil Rio de Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit