Matviyevskaya Galina Pavlovna


817

Tug‘ilgan sana: 1930 Iyul 13
Tug‘ilgan joyi: Dnepropetrovsk
Yo‘nalishlar: Tarixchilar, Adabiyotshunoslar, O‘qituvchilar, Matematiklar

Galína Pávlovna Matviyévskaya (1930y. 13 iyulda Dnepropetrovskda tug‘ilgan) — matematika tarixchisi, sharqshunos,adabiyotshunos. Fizika-matematika fanlari doktori(1969). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980). O‘zbekiston fanlar Akademiyasi muxbir-a’zosi (1984). Fan tarixi Xalqaro akademiyasi a’zosi (1993). Rossiya yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

Abu Rayxon Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati. “Orenburg lirasi ” mukofoti va “Kapitan qizi” rossiya mukofoti laureati(2002). 2000yildan beri Rossiya yozuvchilar uyushmasi a’zosi. Orenburg shaxrida istiqomat qiladi.

Otasi Pavel Yevmenovich aspiranturani tugatib, Chkalov pedagogika institutiga yo‘llanma bilan Orenburg shaxriga ko‘chib kelishlari lozim edi. Ammo urush boshlanganligi sababli onasi bilan qochqin sifatida chiqib ketishga majbur bo‘ladi. Otasi aspiranturani o‘qigan shahar Xarkovda allaqachon portlashlar bo‘layotgan edi. Orenburgda Galina 2-temiryo‘lchilar maktabida 4 sinfdan 10 sinfgacha tahsil olgan. Aynan ana shu maktabda Pelageya Yefremova unda matematika faniga bo‘lgan qiziqishini va bilimini oshirib, turli xil sonlar va formulalarga mehr uyg‘otgan. 1948 yil maktabni tugatib o‘ylab xam o‘tirmasdan Leningrad Davlat Universitetining matematika-mexanika fakultetiga hujjatlarini topshirdi. Galina Pavlovna butun diqqatini ilm fanga bag‘ishladi. XVIII Leonard Eylerning 250-yilligiga Akademiyada uning ilmiy ishi, nashr qilinmagan tajribalarini o‘rganib chiqish bo‘yicha ish boshlandi. Ushbu tadqiqot ishlarida universitetning iqtidorli bitiruvchisi Galina Matviyevskayaga faol qatnashish taklifini bildirdi. Eyler barcha ishlarini lotin tilida yozib qoldirgan edi. Galinani onasi nemis tili o‘qituvchisi bo‘lganligi sababli, Galina lotin tilidan bemalol tarjima qila olardi. Tez orada ilmiy ishlari bosilib chiqa boshladi. U nomzodlik dissertatsiyasini omadli yo‘qladi. Taqdir yosh olimaga porloq kelajak va’da qilayotgan edi.

Keyinchalik taqdir uni o‘zbek bilan uchrashtirib, Toshkentga ko‘chib kelishiga sabab bo‘ladi. Galina albatta, ishni O‘zbekiston fanlar akademiyasiga a’zo bo‘lishdan boshlaydi. 1967 yilda yilda ilk kitobi “Yaqin va uzoq Sharq o‘rta asrlarda raqamlarni o‘rganish ” nashrdan chiqdi. Galina Sharq astronom va buyuk matematiklar ishlarini o‘rganishi uchun arab yozuvini o‘zlashtirishiga to‘g‘ri keldi.

Dunyoda arab yozuvidagi matematikani o‘rganishni o‘zlashtira olgan olimlar bir nechta o‘nlikni tashkil etadi. Ular orasida Matviyevskaya ham bor, “X-XVIII asrlar O‘rta Osiyo olimlarining matematik, astronomik va astrologik ilmiy ishlari ”, “Abu Rayxon Beruniy”, “Al Xorazmiy”-kabi kitoblar muallifi bo‘lgan Galina Matviyevskaya O‘zbekistondagi ilmiy tadqiqotlari natijalari to‘g‘risida ko‘plab risolalar nashr qildirtirdi. U Abu Rayxon Beruniy nomli Davlat mukofoti laureati. Unga SSR O‘zbekiston fan arbobi nomi berilgan. Mana xozirda esa Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi hisoblanadi.

1984 yil u Xalqaro Fanlar Akademiyasining akademigi bo‘ladi. 1992 yilda Kembridj universiteti unga “Yil ayoli” nomini beradi. 1992 yili “Yil odami”.

Matviyevskaya Parij, Buxarest, Damaskda bo‘lib o‘tgan xalqaro simpoziumlar va kongresslarda qatnashib kelgan. Yillar davomida Rene Dekart, Albert Dyurer kabi tadqiqotchilarning xayoti va ijodlari bilan yaqindan tanishib o‘rganib chiqqan.

Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, Galina Pavlovna yevropaning deyarli barcha tillaridagi adabiyotlarni bemalol o‘qiy oladi. Uning turmush o‘rtog‘i o‘zbek olimi Karim Raximov 90yillar oxirida vafo etgan. Ko‘p vaqt o‘tmay uning onasi xam vafot etadi va Matviyevskaya Orenburg shaxrida Orenburg davlat universitetida matematikadan dars berayotgan qizini oldiga ko‘chib ketadi. Moddiy qiyinchiliklarda qolgan Matviyevskayaga Orenburg Pedagogika instituti matematika kafedrasidan ish taklif qilishadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit