Maxdumi A’zam


822

Tug‘ilgan sana: 1461 yil
Vafot etgan sana: 1542 yil
Tug‘ilgan joyi: Koson
Yo‘nalishlar: O`rta asr arboblari

Maxdumi A’zam (1461—1542) — islom dini olimi, O‘rta Osiyolik tasavvufchi, sufiylik ta’limoti vakili, “Daxbediya” maktabi asoschisi, yirik nazariyotchi va shayx Naqshbandiyning o‘quvchisi.

Tarjimai xol

Maxdumi A’zam (Maxdum-i A’zam) 1461 yil (Farg‘ona vodiysi, Kosonsoy tumani) Koson shahrida tavallud topgan. Maxdumi A’zamning kelib chiqishi shaxsan payg‘ambarimiz Muhammad (sav.)ning o‘zlariga borib taqaladi. U mashhur ilohiyotchi va su‘fiychilik ilmi arbobi Burxoniddin Qilichning naslidandir. U haqdagi ma’lumotlar “Jome’ul-maqomat”, “Ravoyixul-quds”, Nasir ad-din ibn amir Muzaffarning “Tuxfatul-zo’irin”, “Tazkirai azizon”, “Xidoyatnoma” kabi manbaalarda saqlab qolingan.

Yoshligida Maxdumi A’zam o‘z vaqtining Toshkentdagi mashhur madrasasida ta’lim olgan. U O‘rta Osiyoning naqshbandiylik ilmi izdoshi obro‘-e’tiborli kishisi bo‘lmish Xo‘ja Ahrorning muridi bo‘lgan. Xo‘ja Ahrorning o‘limidan so‘ng u Mavlono Muhammad Qozining shogirdi bo‘ladi.

Maxdumi A’zam 1533 yil Farg‘onadan Qashg'ar viloyatiga keladi. Bu yerda u islom dinini keng targ‘ibot qilish va naqshbandiylik ilmini o‘rganish bilan shug‘ullanadi. “Tazkerey xo‘jagon” (Xojalarning sarguzashtlari tavsifi) asari muallifi bo‘lmish Muhammad Sodiq Qashqariyning yozishicha, Muxdumi A’zam xalq tomonidan hurmat bilan kutib olingan va qashqar xonlaridan boy uy-joylar olgan. U O‘rta Osiyoga qaytib keladi va 1542 yil Samarqandda vafot etadi.

O‘z vaqtining mashhur insonlari, shu o‘rinda hukmdorlar ham Mahdumi A’zamni o‘zining diniy ustozi deb tan olishgan. Ular orasida Amir Temurning avlodi, shoir va hukmdor Zahiriddin Muhammad Bobur ham bo‘lgan. Mirzo Muhammad Haydar muallifligidagi “Tarixi Rashidiy asarida yozilishicha, Bobur va Mahdumi A’zam orasida aloqalar bo‘lgan. Mahdumi A’zam “Risolai Boburiya” asarida Bobur haqida yozgan.

Yirik harbiy arbob, shayboniylar naslidan bo‘lmish Jonibek Sultonning tashabbusi bilan u Miyonqol (Daryolar orqalig‘i) vodiysiga ko‘chib o‘tadi. Bu yerda u umrining oxirigacha, toki 1542 yilga qadar yashaydi. O‘rta asr manbaalarida yozilishicha, yangi joyga ko‘chib kelgach, Muhdumi A’zam birinchi navbatda o‘nta majnuntol daraxtini (“daxbet” so‘zining fors tilidan tarjimasi “o‘nta majnuntol” ma’nosini anglatadi) o‘tkazadi. Keyinroq u 20 gektardan ko‘proq yerga juda yirik bog‘ barpo etadi. Ziroatchi va dehqon bo‘lmish, u juda kamtarona hayot kechirgan. Unga o‘z vaqtining juda dadil: “Inson din uchun emas, balki din inson uchun yaratilgan” kabi so‘zlari tegishli.

Muhdumi A’zam fors-tojiy tillaridan falsafa, geologiya, huqu kabi sohalarda 30 dan ziyod asarlar yozgan — ularning bir qismi “Majmua ar-Ramoil” nomi ostida birlashadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit