Maxmudov Maxtumkuli


1309

Tug‘ilgan sana: 1969 Iyul 29
Tug‘ilgan joyi: Surxondaryo
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1969 yilning 29 iyulida Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Kurash bo‘yicha qator xalqaro turnirlar g‘olibi. Jahon chempioni. "O‘zbekiston iftixori" faxriy unvoni bilan takdirlangan.

Tarjimai hol

Sambo bo‘yicha sport ustasi Mahtumquli Mahmudov Surxondaryo viloyati kasaba uyushmalari jismoniy tarbiya va sport jamiyati qoshidagi sambo sport maktabi murabbiysidir.

U 1993-95 yillarda Termiz shahrida o‘tka-zilgan kurash bo‘yicha birinchi va ikkinchi xalqaro turnirlar g‘olibi, 1997 yili Turkmanistonda o‘tgan xalqaro turnirda, shuningdek, to‘rtinchi xalqaro turnirda ham shohsupaning yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan.

O‘zbek milliy kurashi bo‘yicha Toshkent shahrida o‘tgan birinchi jahon chempionatida esa kumush medalga sazovor bo‘lgan (1999 yil). Antaliya (Turkiya) shahrida bo‘lgan ikkinchi jahon chempionatida esa (2000 yil) oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Mahtumquli Mahmudov 2000 yili mamlakatning eng kuchli sportchilari qatoridan o‘rin oldi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit