Menkov Vadim Yurevich


2940

Tug‘ilgan sana: 1987 Fevral 12
Tug‘ilgan joyi: Toshkent viloyati
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Vadim Menkov – O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi, 2009 yilning eng yaxshi eshkakchisi, Osiyo chempioni, eshkak eshish bo‘yicha jahon Kubok sovrindori, Eshkak eshish bo‘yicha ikkikarra Jahon chempioni hisoblanadi.

Tarjimai hol

Menkov Vadim Yuryevich 1987 yil 12 fevralda Toshkent viloyatining To‘y-tepa tumanida tug‘ilgan.

2004 yil Chirchiqdagi Olimpiya zahiralari kasb-hunar kollejiga o‘qishga kirdi va sport murabbiysi mutaxassisligi bo‘yicha bitirgan. 2007 yil O‘zbek davlat jismoniy madaniyat institutiga o‘qishga kirdi.

2003 yil kanoeda eshkak eshish bilan muntazam shug‘ullandi. U oliy toifali murabbiy Aleksandr Ponomaryov qo‘lostida eshkak eshish bilan shug‘ullandi. U faoliyatining 25 yil mobaynida 30 dan ortiq sportchilarni — sport ustasi va xalqaro darajadagi sport ustalari, Nufuzli Xalqaro musobaqalar g‘olibi va sovrindorlari yetishib chiqqan.

2006 yil Doxa shahrida o‘tkazilgan Xalqaro shohsupaga chiqqan Menkov sezilarli darajada muvaffaqiyat qozonib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. O‘sha yili Polshadagi jahon turnirida ikkinchi o‘rinni, so‘ng Osiyo chempionatida birinchilikni egalladi.

Pekin Olimpiadasida bizning sportchi 1000 metr masofagacha eshkak eshishda to‘rtinchi pog‘onaga chiqdi va osiyolik eshkakchilar o‘rtasida yuqori natijani ko‘rsatdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 25 avgustdagi “Pekin shahrida o‘tkazilgan XXIX yozgi Olimpiadasida yuqori natijaga erishgan bir guruh murabbiy va sportchilarni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq Vadim Menkov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

2009 yilgi sport mavsumi Vadimga omad olib keldi.

V.Menkov Rachitsa (Chexiya), Poznan (Polsha), Seged (Vengriya) mamlakatlarida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatining uch bosqichida taniqli murabbiy Aleksandr Ponomaryov bilan tinmay shug‘ullanib, bitta oltin va ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bundan tashqari, Vadim Kanadaning Dartmut shahrida bo‘lib o‘tgan 1000 metrga eshkak eshish bo‘yicha musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Xalqaro kanoe federaratsiyasi eng yuqori natijalarni ko‘rsatgan Menkovni “2009 yilning eng yaxshi eshkakchisi” deb e'lon qildi.

London Olimpiya o‘yinlarining final bosqichida 1000 metr masofaga yakka eshkak eshish bo‘yicha Vadim Menkov to‘rtinchi o‘rinni egalladi.

Birinchi omad unga 2006 yil Qatar poytaxti Doxa shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Osiyo o‘yinlari shohsupasi g‘olibligi nasib qildi.

Shu yili u Polshada jahon kubogida ikkinchi o‘rinni, keyinchalik esa birinchi o‘rinni Osiyo chempionatida qo‘lga kiritdi.

Pekin olimpiadasida bizning sportchimiz 1000 metr eshkak eshish musobaqasida to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritib, Osiyo eshkak eshuvchilar orasida eng yaxshi natijani qayd qildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2008 yil 25 avgustdagi “Pekin shahrida o‘tkazilgan XXIX yozgi olimpiadada yuqori natijalar ko‘rsatgan bir guruh sportsmen va murabbiylarni rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan Vadim Menkov “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

2009 yildagi sport mavsumi ham Vadim uchun muvofaqqiyatli o‘tgan.

U taniqli murabbiy Aleksandr Ponomaryovning qo‘l ostida, Rachitse (Chexiya), Poznani (Polsha) va Segede (Vengriya) bo‘lib o‘tgan uch bosqichli jahon kubogida bitta oltin va ikkita kumush medali sohibi bo‘lgan.

Kanadaning Dartmut shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida 1000 metrga eshkak eshish musobaqasida g‘olib bo‘lgan.

Kanoe xalqaro federatsiyasi uning yuqori natijalarini hisobga olib, 2009 yilda “Eng yaxshi kanoechi”si etib e'lon qildi.

Fransiya, Vengriya va Germaniyada bo‘lib o‘tgan bosqichli jahon kubogida u ikkita oltin va bitta kumush medali bilan mukofotlangan.

Bu musobaqalar hamyurtimiz uchun Polshada bo‘ladigan jahon chempionatiga tayyorgarlik zamini bo‘ldi.

2010 yili Vadim ikkinchi marta Kanoe va baydarkada 1000 metrga eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati oltin medalni qo‘lga kiritdi. Shu chempionatning 500 metrga eshkak eshish musobaqasida u bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Vadim Menkov 2012 yilda Londondagi olimpiada o‘yinlarida yakka tartibda 1000 metrga eshkak eshish bo‘yicha final bosqichida to‘rtinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi va uning natijasi 3:49.255 vaqtni tashkil qildi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit