Mirpo‘lat Mirzo


687

Tug‘ilgan sana: 1949 Avgust 20
Tug‘ilgan joyi: Chimkent
Yo‘nalishlar: Shoirlar

Mirpo‘lat Mirzoning ijodi talabalik yillarida boshlangan. Shoir, yozuvchi Mirpo‘lat Mirzo hozirgi kunda «Jahon adabiyoti» jurnali bosh muharririning o‘rinbosaridir. Uning ko‘plab tarjimalari «Jahon adabiyoti» jurnalida e’lon qilinmoqda.

Tarjimai hol

Shoir Mirpo‘lat Mirzo 1949 yil 20 avgustda Chimkent viloyatining Sayram qishlog‘ida tug‘ildi. O‘rta maktabni tugatgach, Toshkent Davlat universitetining jurnalistika fakultetiga o‘qishga kirdi va uni 1971 yilda tugatdi.

Uning mehnat faoliyati «Yosh gvardiya» (hozirgi «Yangi asr avlodi» (1971) nashriyotida boshlangan. U O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, «Yozuvchi» nashriyotida bosh muharrir, Yozuvchilar uyushmasida kotib vazifalarida ishlab keldi. Hozirgi kunda «Jahon adabiyoti» jurnali bosh muharririning o‘rinbosaridir.

Mirpo‘lat Mirzoning ijodi talabalik yillarida boshlangan.

Shoirning dastlabki she’riy turkumi 1971 yilda «Guliston» jurnalida, ilk she’riy to‘plami esa 1975 yilda nashr etilgan. So‘ngra «Ishq fasli» (1978), «Yaxshi kunlar» (1981), «Sunbula» (1985), «Moviy daryo» (1988), «Atirgul va yulduzlar» (1990) kabi bir qator to‘plamlari chop etildi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit