Mirtemir


1929

Tug‘ilgan sana: 1910 May 28
Vafot etgan sana: 1979 Yanvar 25
Tug‘ilgan joyi: Qozog'iston
Yo‘nalishlar: Shoirlar

Mirtemir O‘zbekiston xalq shoiridir. U O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining raisi Yo‘ldosh Oxunboboyevning shaxsiy kotibi bo‘lib ishlagan. 1979 yidda unga Hamza nomidagi Davlat mukofoti berilgan. Mirtemirning tarjimonlik san’ati ham tahsinga loyiqdir. 2001 yilda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

Tarjimai hol

O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir 1910 yilda hozirda Qozog‘iston Respublikasiga qarashli Turkiston shahrining Iqon qishlog‘ida tug‘ildi. U eski maktabni bitirgach, 1921-1923 yillarda Toshkentdagi Almaiy nomli bolalar namuna ish maktabida tarbiyalanadi.

So‘ng 1925 yili O‘zbek erlar bilim yurtiga o‘qishga kirib, uni 1929 yilda tamomlaydi va shu yili Samarqanddagi Pedagogika akademiyasiga o‘qishga kiradi. Ayni vaqtda u O‘zbekiston Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining raisi Yo‘ldosh Oxunboboyevning shaxsiy kotibi bo‘lib ishlaydi.

Mirtemir 30-yillarning boshlarida noma’lum sabablarga ko‘ra qatag‘on etilib, Moskva - Volga kanali qurilishiga yuboriladi.

Ammo ko‘p o‘tmay, ozod etilib, turli o‘quv yurtlarida dars beradi, tahririyatlarda adabiy xodim, teatrlarda adabiy emaqdosh, Yozuvchilar uyushmasida maslahatchi, nashriyotlarda muharrir bo‘lib ishlaydi. Mirtemir 1978 yil 25 yanvarda vafot etgan. 1979 yidda unga «Tog‘day tayanchim» she’riy to‘plami uchun Hamza nomidagi Davlat mukofoti berilgan. 2001 yilda «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan taqdirlandi.

Uning birinchi she’ri 1926 yilda «Tanburim ovozi» nomi bilan matbuotda e’lon qilingan. Shoirning «Shu’lalar qo‘ynida» nomli birinchi kitobi esa 1928 yilda chop etilgan. Unda Vatan madhi, mehnat gashti va yosh zamondoshlarning ma’naviy dunyosi tarannum qilingan.

Faoliyati

Shoir xalq ijodidan ilhomlanib, «Ajdar», «Dilkusho», «Suv qizi», «Oysanamning to‘yida» kabi dostonlarini yaratdi. Bu asarlar 30-yillar o‘zbek she’riyatining rivojlanishiga muhim hissa bo‘lib qo‘shilgan.

Uning urush yillarida yaratilgan «Vabo», «O‘ch», «Bu - mening Vatanim», «Ona shahar», «Dengiz bo‘yida», «Mard yigit, yoring bo‘lay», «Pilla», «Ko‘zlarim yo‘lingda» kabi she’rlarida dushmanga nafrat hislari jangovar ruhda ifodalangan.

Mirtemirning tarjimonlik san’ati ham tahsinga loyiqdir. U A.S.Pushkin she’rlarini, N.A.Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi», Sh.Rustavelining «Yo‘lbars terisini yopingan paxlavon», Abay, Maxtumquli va Berdaq asarlarini hamda qirg‘iz xalq eposi «Manas»ni tarjima qilgan.

Mirtemirning «Qoraqalpoq daftari» she’rlar turkumi o‘zbek she’riyatining 60-yillardagi yutuqlaridandir. Shoirning «Surat» dostoni o‘zbek dostonchiligining eng nodir namunalaridan biri hisoblanadi. Shoirning «Men seni...», «Chag‘alay», «Qirg‘iziston», «Maxtumquli to‘yida», «Onaginam», «Qozog‘im», «Qaydadir buloq» kabi she’rlari xalqlar do‘stligini kuylovchi eng yaxshi asarlardandir.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit