Mirzayev Mahmud Mirzayevich


1825

Tug‘ilgan sana: 1924 Iyun 15
Vafot etgan sana: 2000 Avgust 3
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Agronomlar

Mirzayev Mahmud Mirzayevich (15 iyun 1924 yilda tug‘ilgan — 3 avgust 2000 yilda vafot etgan) — qishloq xo‘jaligi doktori (1976), VASXNIL akademik professor (1988), O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi fanlari akademigi (1992), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan agronom (1964). O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1968), Sovet sotsialistik Mehnat Qahramoni (1971).

1939 yil O‘rta Osiyo ishchilar fakultetini tamomlagan. 1943 yil esa Toshkent qishloq xo‘jalik institutini tamomlagan.

1943 yildan bog‘dorchilik-uzumchilikka ixtisoslashtirilgan Qibray sovxozining bosh agronomi bo‘ldi, bunda o‘z ishining mutaxassisi va ishlab chiqarishni mohir tashkilotchisi sifatida tanildi. 1951 yil Butun ittifoq o‘simlikshunoslik instituti aspiranturasida sirtdan o‘qib, nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

1949-2000 yillarda — akademik R. R. Shreder nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti direktori, shu bilan bir vaqtda 1952-1953 yillarda — O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jalik vaziri o‘rinbosari, 1962-1964 yillarda — O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jalik vazirini vaqtincha vazifasini bajaruvchisi, O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jalik fanlari Bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritdi.

1975 yil respublika tog‘ va tog‘oldi zonalarida bog‘dorchilik va uzumchilik yerlarini o‘zlashtirish bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

Mirzayevning ilmiy va amaliy faoliyati meva daraxtlari va toklar biologiyasi va agrotexnikasi, tog‘ va tog‘oldi zonalarida bog‘dorchilik va uzumchilikni rivojlantirish, ixtisoslashgan maxsus uzumchilik xo‘jaliklari tashkil etish, mevali daraxtlar, toklarning sho‘rhok, shag‘alli va qumloq yerlarda yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqishga bag‘ishlangan. Seleksiya, navlarni o‘rganish asosida olmaning Nafis, uzumning Shreder chillakisi, qulupnayning O‘zbekiston va boshka navlarini yaratishda ishtirok etgan.

M.M.Mirzayev VASXNIL O‘rta Osiyo bo‘limining bog‘dorchilik va sabzavotchilik bo‘limini boshqargan. 1978 yil VASXNIL muxbir a'zosi etib saylandi, 1983 yil VASXNIL haqiqiy a'zosi, 1992 yil qishloq xo‘jaligi fanlari O‘zbek Akademiyasi akademigi bo‘ldi.

Mukofotlari

  • Lenin ordeni “O‘roq va Bolg‘a”va medali bilan (1971) Sovet Sotsialistik Mehnat Qahramoni
  • Oktyabr Inqilobi ordeni
  • Mehnat Qizil baroq ordeni
  • «Hurmat belgisi» ordeni
  • O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumi Faxriy yorlig‘i
  • SSSR Xalq xo‘jaligi yutuqlari ko‘rgazmasi (XXYUK) 8 ta medali
  • SSSR XXYUK Faxriy diplomi
  • SSSR XXYUK Idarajali diplomi bilan
  • “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan agronom” Faxriy unvoni (1964)
  • “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi” Faxriy unvoni (1968)
  • «Mehnat Qahramoni» unvoni
  • «Do‘stlik» ordeni
  • «El-yurt hurmati» ordeni.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 24 avgust №25n sonli qaroriga ko‘ra, akademik R.R.Shreder nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti nomi o‘zgartirilib, akademik Mahmud Mirzayev sharafiga qo‘yildi

Ilmiy faoliyati

M.Mirzayev uzumchilik va bog‘dorchilik madaniyati turli muammolari bo‘yicha 300 ga yaqin ilmiy ishlar muallifi, shu bilan bir qatorda O‘zbekiston tog‘ bog‘dorchilik va uzumchilik hamda ishlab chiqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar nazariy asosiga qaratilgan 3 ta monografiyasini o‘z ichiga oladi. Uning rahbarligida mustahkam ilmiy ishlar — “O‘zbekiston mevashunosligi (pomologiya)” va «O‘zbekiston ampelografiyasi» tayyorlandi. 

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit