Mochalov Aleksey Yurevich


1716

Tug‘ilgan sana: 1990 Fevral 13
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoa a’zosi, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sportchi, Aleksey Mochalov Osiyo o‘yinlarining ikki karra chempioni, respublika va xalqaro musobaqalardan qo‘lga kiritgan deyarli 50 ta oltin medallarga ega.

Aleksey sportchilar oilasida dunyoga kelgan. Undagi eshkak eshish sportiga qiziqishini otasi va tog‘asi uyg‘otgan. Ular bolakayni o‘zlarining davomchilari sifatida boshida uni suzishga berishadi. 14 yoshida Aleksey Respublika Olimpiya zahiralar kollejiga o‘qishga kirdi va uch oy o‘tib o‘zining yoshi toifasidagi barcha musobaqalarda g‘olib chiqdi. Xususan, Aleysey Mochalov Bolalar sportini rivojlantirish O‘zbekiston Jamg‘armasi mukofoti uchun baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha ko‘pkurashlik Kubogi o‘yinida ishtirok etdi.

2007 yil u yoshlar terma jamoasi tarkibida ishtirok etgan paytida xalqaro musobaqalar g‘olibi bo‘lgan edi. Uning g‘oliblik nashidasi o‘ziga bo‘lgan ishonchni yanada mustahkamladi. Buning natijasi o‘laroq 2008 yil Jahon Kubogida, O‘zbekiston kattalar terma jamoasi tarkibida - 2009 yil Osiyo chempionatida, 2010 yil Osiyo o‘yinlarida va bir qator boshqa nufuzli xalqaro musobaqalarda olgan o‘rinli mukofotidan ko‘rinadi.

O‘tgan yilning Jahon Kubogi uchinchi bosqichida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha 35 ta mamlakatdan eng yaxshi eshkakchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun kuch sinashishdi. Erkaklar o‘rtasida 500 metr masofada baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha Aleksey Mochalov uchinchi o‘rinni egalladi.

Yaqindagina u Indoneziyada bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha ishtirok etdi. G‘oliblik uchun 20 mamlakatdan deyarli 500 nafardan ortiq eshkakchilar kuch sinashishdi. Aleksey Mochalov yakka tartibda 1000 metr masofani bosib o‘tgan eng yaxshi eshkakchi sanaladi. Musobaqa yakuniga ko‘ra O‘zbekiston terma jamoasi 8 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medallarini olib qaytishdi.

Bundan tashqari, bizning vatandoshlarimiz, jumladan Aleksey Mochalov ham 2016 yil Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tadigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun 5 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

Mamlakatimiz Prezidenti Farmoniga ko‘ra, 22 avgust 2014 yil Aleksey Mochalovga “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi” unvoni berildi. Bugungi kunda u milliy terma jamoada Braziyada bo‘lib o‘tadigan Olimpiadaga jiddiy tayyorgarlik ko‘rmoqda.

  • 2008-2012 yillarda — O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi.
  • 2006 yil — Baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.
  • 2014 yil — Toshkent shahri 23-sonli ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar olimpiya zahiralari sport maktabida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha murabbiyi. 
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit