Muhammad ibn Najib Buqron


745

Tug‘ilgan joyi: Eron
Yo‘nalishlar: O`rta asr arboblari, Geograflar

Tarjimai holi

Muhammad ibn Najib Buqron Tusa (hozirgi Eron) shahrida tavallud topadi, lekin uning asosiy ilmiy ishlari Nishopur shahri va Xorazmshoh Anushtegin Jurjoniy davlati bilan bog‘liq.

Asosiy ilmiy ishlari

“Jahonnoma” - dunyo xaritasi sanalib, Najib Buqron tomonidan fors tilida yozilgan asar hisoblanadi.

Dunyo faniga qo‘shgan hissasi

Dunyo xaritasi Najib Buqrondan Muhammad Xorazmshoh hukmdoriga hadya sifatida taqdim etiladi. Ushbu xarita bugungi kunda saqlanmagan, faqatgina sharhda keltirilishicha, “Jahonnoma” deb yuritiladi. Bu xaritaning yana bir afzalligi gradus tarmog‘i (parallel va meridian chizig‘i), shuningdek, davlat chegaralari ko‘rsatib o‘tilgan. “Jahonnoma”da 600 dan ortiq jo‘g‘rofik ob'yektlarning nomlari qayd etilgan. “Jahonnoma” odamlar yashaydigan Yer, dengiz, ko‘l, daryo, tog‘, sahrolar va foydali qazilmalar va hokazolarni o‘z ichiga oladi.

Dunyo bo'yicha e'tirof etilishi

Najib Buqronning “Jahonnoma” si rus tiliga tarjima qilingan va Moskvada 1964 yili nashr etilgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit