Muhammadiy Quddus


3803

Tug‘ilgan sana: 1907 Oktyabr 25
Vafot etgan sana: 1999 Iyun 22
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Shoirlar

XX asr o‘zbek bolalar adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Quddus Muhammadiydir. Uning ijodi 30-yillardan boshlangan bo‘lib, ilk asarlari «Sharq haqiqati» gazetasi va «Yer yuzi» jurnalida chop etilgan. Uning «Qanotli do‘stlar» nomli she'riy kitobi 1970 yilda Hamza nomidagi Respublika davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shoir 1977 yili «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni bilan taqdirlandi.

Tarjimai hol

Bu asarlarda eskilik bilan yangilik, eski urf-odatlar bilan yangicha urf-odatlar qiyosiy tarzda o‘zining poetik ifodasini topgan. Hayotdagi kishilar, xususan, bolalar xarakteridagi ayrim nuqsonlar beg‘araz hajv qilingan.

Quddus Muhammadiy faqat bolalar shoirigina emas, mohir tarjimon sifatida ham mashhurdir. Uning S.Marshak, S.Mixalkov, A.Barto, K.Chukovskiydan qilgan tarjimalari o‘zbek bolalar adabiyotining ravnaqida muhim rol o‘ynadi. Q.Muhammadiy hamisha bolalar kelajagi, ularning ma'naviy kamoloti haqida qayg‘urdi. Ularning o‘qimishli, ishbilarmon va yetuk mutaxassislar bo‘lishini orzu qildi va bunday deb yozdi:

Bo‘lay desang bog‘bon,
Yo Vatanga posbon,
Yo osmonda uchuvchi,
Yo dengizda suzuvchi,
Nimaiki qilsang tilak,
Bariga o‘qish kerak.

Bu satrlar uning yosh avlodga nasihatidir. Bolalarning buyuk va kamtarin shoiri O‘uddus Muhammadiy 1997 yili 90 yoshida vafot etdi.

XX asr o‘zbek bolalar adabiyotining yirik namoyondalaridan biri Quddus Muhammadiy 1907 yili Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. To‘liqsiz o‘rta maktabni tugatgach, avval qishloq xo‘jaligi bilim yurtida, so‘ng O‘rta Osiyo davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil oldi. Quddus Muhammadiy ijodi 30-yillardan boshlangan bo‘lib, ilk asarlari «Sharq haqiqati» gazetasi va «Yer yuzi» jurnalida chop etilgan. Uning mashhur «Sandal va pechka», «O‘z-o‘zini tanqid» kabi dostonlari 1936-1937 yillarda yaratilgan.

Quddus Muhammadiy 1941-1944 yillarda mashhur baxshi - Islom shoirga kotiblik qilib, uning terma va dostonlarini yozib olish bilan mashg‘ul bo‘ldi. Urushdan keyingi yillarda esa uning birinchi she'riy to‘plami «Sinov» (1947) nomi bilan nashr etildi. Shundan so‘ng «O‘quvchiga esdalik» (1947), «She'r va ertaklar» (1947), «Orzu» (1948), «Bahor keldi» (1950), «Dunyoda eng quchli nima?» (1951), «Qirq o‘g‘il va qiz» (1951), «Bizning do‘stlarimiz» (1952), «Sen tug‘ilgan kun» (1952), «Yangi uy» (1953), «Mehribon do‘stlar» (1953), «Qo‘ng‘izboy bilan Sichqonboy» (1955), «Tugmacha» (1956), «Tanlangan asarlar» (1957) kabi o‘ttizdan ortiq kitoblari bosilib chiqdi. Uning to‘rt kitobdan iborat «Tabiat alifbosi» kitobi, ayniqsa, «Ochil dasturxon» (1970) kabi xalq og‘zaki ijodi an'analari ruhidagi asarlari adibga katta shuhrat keltirdi. Uning «Qanotli do‘stlar» nomli she'riy kitobi 1970 yilda Hamza nomidagi Respublika davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi. Shoir 1977 yili «O‘zbekiston xalq shoiri» unvoni bilan taqdirlandi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit