Muhammadiyev Toshtemir


757

Tug‘ilgan sana: 1968 May 1
Tug‘ilgan joyi: Surhondaryo
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1968 yilning 1 mayida Surxondaryo viloyatida tug‘ilgan. Kurash bo‘yicha jahon chempioni. "El-yurt hurmati" ordeni sohibi, O‘zbekistonning eng yaxshi sportchisi (1999 yil). U 1993 yili Termiz shahrida o‘tkazilgan kurash bo‘yicha birinchi xalqaro turnirda kumush medal sohibi bo‘lgan.

Tarjimai hol

O‘zbek milliy kurashi bo‘yicha xalkaro toifadagi sport ustasi Toshtemir Muhammadiyev sakkiz yildan buyen xalqaro turnirlarda muvaffaqiyat bilan qatnashib, milliy kurashimizning dunyo miqyosida ommalashishiga munosib ulush qo‘shib kelmokda.

U 1993 yili Termiz shahrida o‘tkazilgan kurash bo‘yicha birinchi xalqaro turnirda kumush medal sohibi bo‘lgan. Oradan ikki yil o‘tgach, ikkinchi xalkaro turnirda 100 kilogrammlik vazndagi polvonlar orasida mutlaq g‘oliblikka erishgan. Uchinchi xalqaro turnirda (1997 yil) shohsupaning ikkinchi pog‘onasiga ko‘tarilgan.

Kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempioni Toshtemir Muhammadiyev hayotida 1999 yil unutilmas iz qoldirgan. O‘sha yili u Termiz shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionatida, ikkinchi xalkaro Prezident sovrini turnirida, shuningdek, Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan kurash bo‘yicha birinchi jahon chempionatida mutlaq g‘olib deb topildi, O‘zbekistonning eng yaxshi kurashchisi, degan sharafga munosib ko‘rildi. Shu bilan birga surxondaryolik polvon Vatanning yuksak mukofoti - "El-yurt hurmati" ordeniga sazovor bo‘ldi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit