Murodov Kamol


2810

Tug‘ilgan sana: 1974 Noyabr 29
Tug‘ilgan joyi: Buxoro
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1974 yilning 29 noyabrida Buxoro viloyatida tug‘ilgan. Dzyudo bo‘yicha Osiyo o‘yinlari bronza medali sovrindori. Milliy kurash bo‘yicha birinchi jahon chempioni. Xalqaro miqyosdagi sport ustasi. "Uzbekistan iftixori" faxriy unvoni bilan taqdirlangan.

Kamolning otasi Ergash Murodov ham Buxoroda taniqli polvon bo‘lgan. U sambo, dzyudo, milliy kurash bo‘yicha sport ustasi, Uzbekistan birinchiliklari g‘olibi. Kamolning orzu-niyati va muvaffaqiyatlari mana shu zaminda shakllangan.

Kamol dzyudo sirlarini ustozi Rustam To‘rayevdan o‘rgangan. Dastavval bolalar o‘rtasidagi gilam birinchiligida g‘alaba qozondi.

U Chirchikdagi olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtida Yuriy Kim va Dmitriy Solovyev rahbarligida mashg‘ulotlarni davom ettirdi, ko‘plab musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egalladi.

1994-1995 yillarda Uzbekistan chempionatlari g‘olibi bo‘ldi. 1996 yili xalqaro turnirlarda muvaffaqiyat qozonib, Atlanta Olimpiadasida ishtirok etdi. Harbiy sportchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan jahon chempionatlarida ikki bor bronza medaliga sazovor bo‘ldi (1997 yil, Xorvatiya va 1998 yil, Rossiya).

1998 yili Bangkokda o‘tgan XIII Osiyo o‘yinlarida yana bronza medalini qo‘lga kiritdi. O‘sha yili Myunxenda bo‘lgan Gran-pri musobakasida g‘olib chikdi.

2000 yili Yaponiyaning Osaka shahridagi Osiyo chempionatida kumush medal sovrindori bo‘ldi.

Milliy kurash musobaqalarida Kamol tarixiy g‘alabalarga erishdi. 1997 yili Uzbekiston chempionatining mutlaq vaznida g‘alaba qozonishi, 1998 yili Prezident sovrini uchun o‘tkazilgan xalqaro musobaqada og‘irligi 205 kilogramm bo‘lgan ukrainalik Valentin Roslyakovni yengishi unga jahon chempionat eshiklarini keng ochdi. 1999 yili poytaxtimizda kurash bo‘yicha o‘tgan birinchi jahon chempionatida birinchi jahon chempioni sifatida shohsupaga mag‘rur ko‘tarildi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit