Musaboyev Isxoq Qurbonovich


1303

Tug‘ilgan sana: 1910 Oktyabr 22
Vafot etgan sana: 2003 yil
Tug‘ilgan joyi: Farg‘ona viloyati
Yo‘nalishlar: Shifokorlar

Musaboyev Isxoq Qurbonovich (22.10.1910 yil, Farg‘ona viloyatining Novkat qishlog‘ida tug‘ilgan) — infeksionist olim, O‘zbekiston FA akademik (1966), O‘zbekiston (1955) va Qoraqalpog‘istonda(1965) xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan vrach (1944). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi.

Ilmiy ishlari Markaziy Osiyoda keng tapqalgan me'da-ichak sistemasida uchraydigan infeksion kasalliklarning patogenezi, klinik xususiyatlari, davolash va oldini olish muammolariga bag‘ishlangan. Rossiya tibbiyot FA muxbir a'zosi(1961), Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat mukofoti laureati(1990).

Tarjimai holi

U Farg‘ona viloyatining Naukentqishlog‘ida 1910 yil 22 noyabr kuni tug‘ilgan. 1930 yil Farg‘ona tibbiyot texnikumini, 1935 yili Samarqand Davlat Tibbiyot institutini tugatgan. Shu institut yuqumli kasalliklar kafedrasida assistent va aspirant (1935 — 1941), dotsent(1944—1949), mudir va shahar infeksion kasaliklar klinik kasalxonasi bosh vrachi(1949—1951). Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti infeksion kasalliklar kafedrasi mudiri (1951—1988), ilmiy maslahatchi (1988 yildan). Ayni vaqtda O‘zbekiston epidemiologiya, mikrobiologiya va infeksion kasalliklar institutida ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (1962—1970), mazkur institutning asosiy tashkilotchilaridan. 1942 yil “Tifoparatifoz turiga mansub kasalliklaridagi Gemotransfuziya” mavzusidagi nomzodlik va 1951 yilda esa “Tifoparatifoz turiga mansub kasalliklarida jigar funksiya” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. Unga 1952 yilda doktorlik unvoni berilgan.

Ikkinchi jahon urushi davrida u bolnitsada muntazam navbatchilik qilgan. Urushning birinchi kunlarida infeksion kasaliklar ko‘payib asosan yo‘g‘on ichak bilan bog‘liq kassalliklarni davolagan. Keyinchalik 1941 yili uni harbiy xizmatga chaqirishgan.

U urush vaqtlarida 92-motoo‘qchi brigadasining epidemiolog etib tayinlagan (sanitar vzvodi komandir), ushbu guruh askarlari o‘zbek, tojik, qirg‘iz, turkman millatiga mansub bo‘lishgan.

1942 martidan u ushbu guruh boshlig‘i bo‘lgan. Shu yilning may oyida brigadani Yeletskka jo‘natishadi. U yerda Ishoq Qurbonovich bomba portlashi natijasida jarohatlanadi.

Ular urush uchoqlarida yaralangan, kasalllikka (tif, dizenteriya va boshqalar) chalinganlarni davolash uchun qabul qiladi va o‘zlariga ham qabul qilingan kasallarning kassalliklarini yuqtirib olishgan.

Kasalliklarga qarshi ularda dezinfeksiya uskunalari bo‘lmagan. Ular buning o‘rnini bosish maqsadida yerni belgilangan talablar asosida kovlashgan va u yerga kasallarni joylashtirishgan.Bu ishlar uzluksiz davom etgan. O‘sha davrlarda I.Musabayevni ko‘rsatgan xizmatlari uchun 343-sonli Harbiy gospitalning infeksion bo‘limi boshlig‘i lavozimga tayinlashgan, shuningdek u ko‘p marotaba rag‘batlantirilgan.

O‘sha davrlarda epidemiyaning yuqori holatlari jo‘da oshib borishi bilan tibbiyot ta'lim muassasalarida yetarlicha malakali shifokorlarni yetishtirib berish muammosi yuzaga kelgan. Shu tufayli 1944 yili O‘zbekiston hukumati I.Musaboyevni “Narkomzdrav UzSSR” jo‘natib, u yerdan Samarqand tibbiyot institutiga yuboriladi.

Shu institut yuqumli kasalliklar kafedrasida dotsent(1944—1949), mudir va shahar infeksion kasaliklar klinik kasalxonasi bosh vrachi(1949—1951). Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti infeksion kasalliklar kafedrasi mudiri (1951—1988), ilmiy maslahatchi (1988 yildan). Ayni vaqtda O‘zbekiston epidemiologiya, mikrobiologiya va infeksion kasalliklar institutida ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari (1962—1970), mazkur institutning asosiy tashkilotchilaridan. 1942 yil “Tifoparatifoz turiga mansub kasalliklaridagi Gemotransfuziya” mavzusidagi nomzodlik va 1951 yilda esa “Tifoparatifoz turiga mansub kasalliklarida jigar funksiya” mavzusida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. Unga 1952 yilda doktorlik unvoni berilgan.

U 1988 yildan boshlab ish faoliyatini yakuniga qadar Toshkent shifokorlarning malakasini oshirish institutida professor-maslahatchi bo‘lib ishlagan.

Yo‘g‘on ichak infeksiyasining bioximiyaviy va immunologik jarayonlarining buzilishining muntazamligini o‘rgangan. Shuningdek u dizenteriya, vabo, tifoparatifoz kasalliklari, virusli gepatit, difteriyava boshqa infeksion kasalliklarning klinik klassifikatsiyalarini va ularni davolash metodlarini ishlab chiqqan.

1965 yili Qoraqalpog‘istonda bo‘lgan vabo epedimiyadasida birinchi bo‘lib tashhis qo‘uyadi va unga qarshi kurashadi. Uning Afg‘onistondan Qoraqalpog‘istonga nega bu vabo epidemiyasining kelganligi va tarqalganligini aniqlangan.

Epidemiya davrida vaboning yangi gastritik shaklini aniqlagan.

U 500 dan ortiq ilmiy ishlar bilan shug‘ullangan,34 ta monografiya va 17 ta o‘quv-qo‘llanmalar shular jumlasidandir. Uning qo‘l ostida 4 tomli "Rukovodstvo po infeksionnыm zabolevaniyam" (“Infeksion kasalliklar uchun ko‘rsatma”) va 20 dan ortiq eng zaruriy infeksiyalarga oid ilmiy ishlar chop etilgan. U 17 nafar doktor va 86 nafar fan nomzodlariga ustozlik qilgan.

1961 yilda u SSSR Tibbiyot fanlari akademiyasining, 1966 yildan esa O‘zbekiston Ilmiy akademiyasining a'zosi bo‘lgan.

I.K. Musabayev neodnokratno vыstupal s nauchnыmi dokladami na mejdunarodnыx kongressax i simpoziumax v Deli (1959), Vengrii (1964), Tokio (1969), Vene (1970), Varshave (1974), Moskve (1966), Tashkente (1961).

I.Musabayev bir necha bor xorijda ilmiy kongreslar va simpoziumlarda o‘z ma'ruzasi bilan ishtirok etgan. Bularga 1959 yilda Dehli, 1964 yilda Vengriya, 1969 yilda Tokio, 1970 yilda Vena, 1974 yilda Varshava, 1961 yilda Toshkent va 1966 yilda Moskvada bo‘lgan anjumanlarni misol qilish mumkin.

U hamdo‘stlik davlari Infeksionistlar, epidemiologlar va mikrobiologlar ilmiy birlashmasi raisi o‘rinbosari, Qozog‘iston, Gruziya, Ozorbayjon va Latviya davlatlarining epedimolog va mikrobiologlar ilmiy jamiyatining faxriy a'zosi hisoblanadi.

I.Musabayev ilmiy tibbiyot kengash Prezidium raisining o‘rinbosari, O‘zSSR Sog‘liqni saqlash vazirligi epidemiologlar va mikrobiologlar ilmiy kengashi raisi, uyushma ilmiy muammolar komissiyasining a'zosi, Tibbiyot ilmiy akademiyasi Prezidiumining a'zosi, Oliy attestatsiya komissiyasining a'zosi, Katta tibbiyot ensiklopediyasi tahririyoti a'zosi.

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi (1944), O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi (1955), Qoraqalpoq avtonom respublikasining ilmiy va texnika sohasida xizmat ko‘rsatgan arbobi (1965), Beruniy nomidagi ilmiy ishlar bo‘yicha Uzbekiston Davlat mukofoti laureati (1990).

Erishgan yutuqlari:

  • Lenin ordeni(1966)
  • Uch marta Qizil mehnat bayrog‘i ordeni (1950, 1961, 1972)
  • Ikkinchi jahon urushining ikkinchi darajali ordeni (1985)
  • “Faxriy belgi” ordeni (1953)
  • 16 ta SSSR va O‘zbekiston davlatining medali sohibi
  • O‘zbekiston Oliy kengashi Preziduminining 7 ta Faxriy yorliqlari bilan taqdirlangan.
  • U "Kto yest kto" (“Kim aslida kim”) xalqaro kitobiga kiritilgan (1992, 1997).

Ilmiy ishlari Markaziy Osiyoda keng tapqalgan me'da-ichak sistemasida uchraydigan infeksion kasalliklarning patogenezi, klinik xususiyatlari, davolash va oldini olish muammolariga bag‘ishlangan. Rossiya tibbiyot FA muxbir a'zosi(1961).

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit