Mushel Grigoriy Aleksandrovich


563

Tug‘ilgan sana: 1909 yil
Tug‘ilgan joyi: Tambov
Yo‘nalishlar: Bastakorlar

Grigoriy Aleksandrovich Mushel - kompozitor, professor. O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.

1909 yilda Tambov shahrida tug‘ilgan. 1921 yilda u musiqa maktabiga fortopiano klassida shug‘ulanishi boshlagan. 1930 yilda Musiqa bilim yurtini tamomlagan (professor S.M.Starikov). 1931 yil G.A Mushel Moskva davlat konservatoriyasiga, bastakorlik fakultetiga N.Ya.Myaskovsiy klassiga o‘qishga kiradi. Kassaligi tufayli G.A.Mushel o‘z musiqiy ta’limini yakuniga yetkazolmadi. M.F.Gnesin va A.I.Aleksandrovni kompozitsiya klassini tamomlaydi va bir vaqtning o‘zida professor L.N.Oborin klassida pianino bilim-ko‘nikmalarini takomillashtiradi.

1936 yil, G.Mushel nomidagi Moskva konservatoriyasi tamomlagan yili Toshkentda O‘rta Osiyoda ilk marotaba oliy musiqa ta’lim muassasasi ochiladi. U yerga Moskva konservatoriyasining pedagog va bitiruvchilar taklif etiladi. Ular orasida O‘zbekiston bilan uzviy aloqasini o‘rnatgan G.A.Mushel bo‘lgan. U taniqli musiqa bilimdonlari, tajribali qo‘shiqlar ijrochilari Tuychi Toshmuhamedov, Shorahim Shoumarov, To‘xtasin Jalilov, Yunus Radjabiy va boshqalar o‘zbek xalqining asl musiqiy merosini dunyoga yoyishadi.

Bastakorlar Yunus Rajabiy, X.To‘xtasinov, T.Jalilovlar bilan hammualliflikda u “Farhod va Shirin”, “Oftobxon”, “Muqanna”, “Muqimiy” musiqali drama spektakllarini yaratdi. Mushelning eng ahamiyatli asari — “Farhod va Shirin” operasi (1955), 3 ta simfoniya, 5 ta fortepiano kontsertlari, “Farhod haqidagi tuzilma” kantatasi, «Balerina» baleti bastalagan musiqasidir.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit