Muxitdinov Jaloliddin Nosirovich


255

Tug‘ilgan sana: 1941 Aprel 5
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Fiziklar

Tug‘ilgan sana: 1941 Aprel 05
Tug‘ilgan joyi: Toshkent shahri
Yo‘nalishlar: Issiqlik energetikasi
1941 yil 5 aprelda Toshkent shaxrida tavallud topgan. Millati - o‘zbek.
1963 y.Toshkent politexnika instituti issiqlik energetikasi ixtisosligi buyicha issiqlik energetikasi muhandisi mutaxassisligini egallagan.
1970 yilda Toshkent shaxrida «Issledovaniye protsessov sushki sipuchix materialov v vibro-pnevmo-psevdoojijennom sloye» mavzuida nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilgan. 1986 yilda Moskva shaxrida «Teoreticheskiye osnovi i razrabotka effektivnix metodov sushki xlopka-sirsa i produktov ego pererabotki» mavzuida doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilgan.
Texnika fanlari doktori, professor. U yoshlarni tarbiyalashda ko‘rsatgan xizmatlari uchun ««Shuxrat» medali» faxriy unvoniga sazovor bo‘lgan. U monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanma, patent, xorijiy va respublika ilmiy jurnallarida maqolalar muallifi.
U 1963 yildan Toshkent politexnika instituti energetika fakultetining «Issiqlik texnikasining nazariy asoslari» kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi, dotsenti,
1975 yilda «Sanoat issiqlik energetikasi» kafedrasi mudiri, 1995 yildan Toshkent davlat texnika universiteti energetika markazi prorektori, 1998 yildan «Sharq taronasi» ochiq aksionerlik jamiyati raisi, 2002 yildan Toshkent davlat texnika universiteti energetika fakulteti dekani, energetika instituti direktori, 2004 yildan Toshkent davlat texnika universiteti «Sanoat issiqlik energetikasi» kafedrasi professori, 2005 yildan Toshkent davlat texnika universiteti «Issiqlik energetikasi» kafedrasi mudiri, 2006 yildan Toshkent davlat texnika universitetining «Issiqlik energetikasi» kafedrasi professori.

Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi «Sanoat issiqlik energetikasi» ixtisosligi bo‘yicha Ixtisoslashgan kengash a’zosi. Uning rahbarligida 11 ta fan nomzodi tayyorlangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit