Navro‘zov Ixtiyor Karimovich


3532

Tug‘ilgan sana: 1989 Iyul 5
Tug‘ilgan joyi: Buxoro
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Ixtiyor Karimovich Navro‘zov (1989 yil 5 iyul O‘zbekiston sovet ittifoqi, Buxoro) — o‘zbekistonlik erkin kurashchi, 2012 yil yozgi Olimpiada o‘yinlari ishtirokchisi, 2015 yil Jahon chempionatida kumush medal sovrindori, ko‘pkarra kontinental birinchiligi sovrindori, xalqaro toifadagi sport ustasi.

Sportdagi faoliyati
Ixtiyor kurash bilan 10 yoshidan shug‘ullanishni boshlagan. Navruzovni ushbu yo‘nalishga qarindoshi olib kelgan. 2001 yilda o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston chempioni bo‘lgan. O‘smirlar darajasidagi yutug‘i Ixtiyorga Respublika Olimpiya zahiralari kollejida ta’lim olish imkoniyatini yaratdi. 2008 yilda o‘smirlar o‘rtasida Jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritdi. 2010 yil Navruzov Olimpiya o‘yinlarida muvaffaqiyat qozinishga yaqin qolganda u uchinchi o‘rinni qozog‘istonlik Leonid Spiridonovga bo‘shatib berishga majbur bo‘ldi. 2012 yil mart oyida Ixtiyor g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun Osiyo saralash musobaqasida ishtirok etdi va London Olimpiyada o‘yinlarida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.

2012 yil avgust oyida Ixtiyor Navruzov Londonda bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etdi. Ixtiyor dastlabki 4 tur chorak finalining 3 raundida Sushil Kumarga boy berdi. Bu mag‘lubiyatlardan so‘ng Navro‘zov o‘z chiqishini davom etirdi.

Ixtiyorning birinchi raqibi Ramazan Shaxin bronza medali bilan Olimpiya chempioni bo‘ldi.
O‘zbek kurashchisining raqibi jiddiy tayyorgarlik ko‘rgani bilinib turardi shuning uchun qarshilik qila olmadi va keyingi kurashlar va medallar uchun raqobatdan chiqib ketdi. 2014 yil santyabr oyida Ixtiyor Navro‘zov Osiyo o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi. O‘zbek kurashchimizning eng kata muvaffaqiyati 2015 yilda bo‘ldi.

Navruzov Amerika Las-Vegasdagi Jahon chempionatida 65 kg vazn toifasidagilar bilan finalgacha chiqib oldi, biramasiga Jahon chempionatining ikki sovrindorlari - mongollik kurashchi Ganzorigiyn Mandaxnaran va rossiyalik kurashchi Soslan Ramonovlarni ustidan g‘olib keldi.

2007-2011 y. - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti talabasi.
2012-2014 y. - O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti magistratura talabasi.
2007 y.- Erkin kurash bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi.

Ixtiyor Karimovich Navruzov 2016 yil Rio de Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.

Ixtiyor Navruzov mongolik Ganzorigiyn Mandaxnaran raqibi ustidan g‘alaba qozanib 2016 yil Rio de Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Jahon chempionati
Kumush Las-Vegas 65 kg gacha
Osiyo o’yinlari
Bronza Inchxon 2014 65 kg gacha
Osiyo chempionati
Bronza Nyu-Dehli 2010 66 kg gacha
Kumush Toshkent 2011 66 kg gacha
Bronza Ostona 2014 70 kg gacha
Olimpiada oyinlari
Bronza Rio de Janeyro 2016 70 kg gacha
Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit