Nazarov Nikolay Nikolayevich


1067

Tug‘ilgan sana: 1907 Fevral 23
Vafot etgan sana: 1947 Iyul 18
Tug‘ilgan joyi: Perm
Yo‘nalishlar: Matematiklar, Fiziklar

Matematik, professor (1935). Fizika-matematika fanlari doktori (1938). O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi (1945). 

Universitet fizika o’qituvchilari - Nikolay Stepanovich Nazarov va -Yekaterina Alekseevna Pavlovalar oilasida tug’ilgan.

O’rta ta’limni uyda olgan. 12 yoshida Samarqand arxitektura va qurilish institutining matematika bo’limi talabasi (1924). Leningrad shahri V.A.Steklova qoshidagi matematika institutining aspirantura bo’limini tamomlagan (1928).

Samarqand arxitektura va qurilish institutida matematika kafedrasi mudiri (1938-47).

Matematika va mexanika instituti direktori (1943-47).

Toshkent temir yo’llari transport institutida matematika kafedrasi mudiri (1945-47).

Ilmiy ishi ortogonal polinom nazariyasi, integral va integro-differentsial tenglamalar, shuningdek, mexanika va aerodinamika nazariyasiga tegishli. Gimnastika sporti ustasi.

Nikolay Nikolaevich Toshkentda mashhur insonlardan biri bo’lgan, o’n yoshda maktabni tamomlab, O’rta Osiyodagi mexanika-matematika universiteti bo’limiga o’qishga kirdi. 17 yoshida universitetni tamomlab, 28 yoshida universitet professori bo’ldi. Sportga qiziqishi katta bo’lgan, gimnastika sporti ustasi bo’lib, tsirkda o’zining akrobatik nomerlari bilan qatnashgan. Yozni odatda tog’ bag’irlarida o’tkazgan, kimsasiz tog’ cho’qqilarida sayohat qilgan, yerdan 4000 m baland Fedchenko muzligida o’pka shamollashi bilan kasallanib, vafot etgan. Hatto 40 yoshni ham qarshi olmagan edi.

“Faxriy belgisi” ordeni bilan taqdirlangan. (Botkina) nomidagi mozorga dafn etilgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit