Nemtseva ​Nina Borisovna


390

Tug‘ilgan sana: 1926 Dekabr 12
Tug‘ilgan joyi: Ufa
Yo‘nalishlar: Arxeologlar

Nina Borisovna Nemtseva - arxeolog, taniqli O‘rta Osiyo medivalist-tadqiqotchi, tarix fanlari nomzodi. Uning barcha ijodiy ishlari O‘rta Osiyoning o‘rta asr madaniyat va san’ati yodgorliklarni o‘rganishga bag‘ishlangan. Tadqiqotning asosiy yo‘nalishi - arxitektur-arxeologik me’morlik yodgorliklari bo‘lgan. Yirik me’moriy maqbaralarda va O‘zbekistonning alohida joylarida bir qancha yillar mobaynida arxeologik ish olib boradi.
Uning yirik yirik ishlari Samarqandda (Shohi Zinda maqbarasi, Afrosiyob shaharchasida), Buxoro viloyatining Buxoro shahrida (Raboti Molik maqbarasi, Sayfiddin Buxorziy honaqosi), Termiz yonida (o‘rta asr qo‘rg‘oni va Bobotepa qal’asi) o‘tkazilgan..
Shuningdek, arxeologik tadqiqotlarini Tojikistonda ham olib bordi (Xo‘ja Mushod honaqosi maqbarasi respublikamizning sharqida, Ko‘k Gumbaz masjidi va Muslixitdin maqbarasi O‘ratepada) va janubiy Qozog‘istonda (Xo‘ja Ahmad Yassaviy maqbarasi Turkistonda) ekan.
Nina Borisovna Toshkent, Samarqand, Olmaota, Ashxobod, Moskva, Sankt-Peterburg, London, Berlin, Parij Rimlarda nashr etilgan 5 ta kitob, bir necha ilmiy risolalar, 150 yaqin maqolalar muallifidir. Xalqaro anjumanlarda ishtirok etgan: Rossiya (Moskva, Leningrad, Kiyev, Yerevan, Tbilisi), Frantsiyada (Parij va Bordo), Yaponiyada (Nara, Tokio), Ispaniyada (Kordoba) va O‘rta Osiyo respublikalarida.
Luvr(Parij, Frantsiya-1999)ning Sharq bo‘limi taklifnomasiga ko‘ra, O‘rta Osiyo me’moriy yodgorliklari bo‘yicha ommabop ma’ruzasi bilan ishtirok etgan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit