Nesterov Ignatiy Mixaylovich


864

Tug‘ilgan sana: 1983 Iyun 20
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

 Ignatiy Mixaylovich Nesterov — O‘zbekiston futbolchisi. Toshkent “Lokomotiv” futbol klubi va O‘zbekiston Milliy terma jamoasi darvozaboni. O‘zbekiston Respublikasi xizmat ko‘rsatgan sportchisi (2009).

Karyera

O‘zining professional karerasini 2001 yil Samarqandning “Dinamo” futbol klubida boshlagan. 2002-2009 yillarda Toshkentning “Paxtakor” futbol klubida o‘ynagan. 2009 yil 25 iyulida “Bunyodkor” futbol klubida debyut o‘yinini o‘tkazgan. 2013 yil oxirida Toshkentning “Lokomotiv” futbol klubiga o‘tib ketadi.

Xalqaro karyera

2002- yildan boshlab O‘zbekiston Milliy terma jamoasida qatnashib kelmoqda.

Osiyo Kubogi to‘rtta final turnirlarida qatnashgan. 2004 yil uning hisobida bir dona match - Turkmanistonga qarshi jamoa o‘yinlarida bo‘lgan. 2007 yilda Osiyo kuboklari o‘yinlarida 3ta match o‘ynagan, 2011 yilda -5ta o‘yin va turnir yarimfinalistiga aylangan, 2015 yilda esa -o‘z guruhining barcha 4ta matchini o‘tkazgan.

Jamoaviy erishgan yutuqlari

O’zbekiston Chempioni (10): 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2009, 2010, 2011, 2013

O’zbekiston kubogi sovrindori (11): 2002, 2003, 2004, 2005, 2006, 2007, 2008, 2010, 2012, 2013, 2014

2003, 2004, 2012- yillarda Osiyo chempionlar ligasining yarimfinalchilari;

2007- yilda  "Hamdo’stlik kubogi" musobaqasi sovrindori;

2008- yilda  "Hamdo’stlik kubogi" musobaqasi finalisti.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit