Nizomov Ne'mat Nizomovich


1392

Tug‘ilgan sana: 1940 Fevral 10
Tug‘ilgan joyi: Samarqand
Yo‘nalishlar: Matematiklar, Fiziklar

Nizomov Ne'mat Nizomovich - SamDU professori, fizika-matematika olimi, ko‘zga ko‘ringan arboblardan sanalib, u molekulyar fotokimyo va lyuminessenziya sohasini sezilarli darajada rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan.

Nizamov Ne'mat Nizomovich - fizika-matematika olimi, doktor, professor. U 1940 yil 10 fevralda Samarqand viloyatining Motrut qishlog‘ida dunyoga keladi. Bo‘lajak olim 1959 yil A.Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat universitetining fizika-matematika fakultetiga o‘qishga kiradi (hozirgi SamDU). Keyinchalik M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining 4-kursda o‘qishni davom ettirdi va mazkur oliygohni 1966 yili tamomladi. Xuddi shu yili N.Nizomov ushbu universitetning optika kafedrasiga aspiranturada o‘qishini davom ettirdi. Nomzodlik ishini tugatgach, yosh olim Samarqand universitetining optika kafedrasida assistent lavozimida faoliyat yurita boshladi.

1985 yili Kiyev davlat universitetining yopiq ixtisoslashtirilgan kengashida N.Nizomov "Molekulalarning o‘zaro ta'siri va eritmalarda organik bo‘yoq moddalari spektroskop tadqiqoti" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1986 yil yanvardan boshlab Umumiy fizika kafedrasi bo‘lim mudiri vazifasiga tayinlandi. 1987 yili unga professorlik darajasi berildi.

1973 yildan N. Nizomov fizika-matematika ixtisosligi bo‘yicha 15 nafar fan nomzodlarini yetishtirdi

Professor N.Nizomov ilmiy markaz yetakchilari bilan yaqin aloqa o‘rnatgan. U molekulyar lyuminessensiya so‘nggi yutuqlari haqida boxabar qilish maqsadida talabalar va xodimlarni, shuningdek, Moskva, Sankt-Peterburg, Minsk va boshqa shaharlardan yetuk olimlarni taklif qildi. Ular orasida akademiklar M.V.Alfimov, G.D.Galanin, G.P. Gurinovich, , A.S. Davidov va boshqalar bor edi.

Yetuk olim N.N. Nizomov xalqaro ilmiy konferensiyalarda Germaniya (1997), Chexiya (1997), Polsha (1997), AQSH (2002), Fransiya (2004), Misr (2005) va MDH mamlakatlarida o‘z doklalari bilan chiqqan.

Uning 250 dan ziyod ilmiy ishlari markaziy, xalqaro, respublika va mahalliy nashriyotlarida chop etilgan, shuningdek, professor N.Nizomov 8 ta kashfiyot muallifi sanaladi. Olim SamDU qoshidagi optika sohasida nomzodlik dissertatsiya ishini himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kengash raisi va O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi issiqlik fizikasi bo‘limi qoshidagi optika va lazer fizikasi sohasida doktorlik dissertatsiyasi ishini himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kengash a'zosi hisoblanadi.

So‘nggi vaqtlarda professor N. Nizomov bor e'tiborini amaliy masalalar mintaqasiga qaratyapti: konserva zavodlari chiqindilari va mahalliy o‘simliklardan yengil ehtiyojlar va oziq-ovqatga oid sanoatda kimyochilar bilan hamkorlikda buyoq moddalar olish usullarini ishlab chiqarmoqda. Laboratoriya sharoitida bo‘yoq moddalardan olingan namunalar tegishli sinovlardan o‘tkaziladi. Ishlab chiqilgan texnologiyalar rasmiylashtirilgan eksponat ko‘rinishida, qaysiki v Gannover EXPO -2000 ( Germaniya ) xalqaro ko‘rgazmada namoyish etilgan.

Ularga yangi usul kanserogen moddalar mikrosoni - gossipola tarkibida paxta yog‘ini aniqlash taklif qilingan. Odamlardagi har xil kasalliklar tashxisini lyuminessensiyaga oid usulni shifokorlar bilan birga ishlab chiqarilmoqda. Tog‘liklarni chidamlilik darajasini ishlab chiqish uslublari ustida tadqiqotlar o‘tkazilmoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit