Nurmetova Tursunpashsha Baxramovna


346

Tug‘ilgan sana: 1996 Yanvar 17
Tug‘ilgan joyi: Xorazm
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Tursunpashsha Nurmetova - 17.01.1996 yil Xorazm viloyati, Bog‘ot tumanida tug‘ilgan. Millati — o‘zbek. Xozirgi kunda Tursunpashsha Urganch Davlat universiteti 3-kurs talabasi. 2012 yil 2 yanvardan Dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston Milliy Paralimpiya terma jamoasi a’zosi.

T.Nurmetova respublikamiz va xalqaro miqyosda o‘tkazilayotgan nufuzli sport musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, sportning dzyudo turi bo‘yicha mamlakatimiz sharafini munosib himoya qilayotgan umidli sportchilarimizdan biridir.

U yosh mahoratli sportchi sifatida bir necha xalqaro musobaqalarda muvofaqqiyatli ishtrok etib faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Jumladan, 2015 yilning fevral oyida Vengriyaning Eger shahrida o‘tkazilgan Jaxon Kubogida 63 kg vaznda 1-o‘rinni egallab oltin medalni qo‘lga kiritdi.

2015 yilning may oyida Janubiy Koreyaning Seul shahrida o‘tkazilgan IBSA Jahon o‘yinlarida 63 kg vaznda 3-o‘rin bronza medali sohibasi bo‘lib jahon arenasida yurtimiz bayrog‘ini yuqori ko‘tarilishiga erishdi.

Joriy yilning sentyabr oyida Braziliyaning Rio-da-Janeyro shahrida o‘tkazilgan Paralimpiya o‘yinlarida faxrli 3-o‘rinni egallab terma jamoamiz hisobiga yana bir bronza medalini qo‘shib qo‘ydi.

Respublikamizda o‘tkaziladigan barcha sport tadbirlarida muntazam ishtirok etib, aholi o‘rtasida ommaviy sportni rivojlantirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit