Nurudinov Ruslan Shamilevich


1448

Tug‘ilgan sana: 1991 Noyabr 24
Tug‘ilgan joyi: Andijon viloyati
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Ruslan Shamil'evich Nurudinov  — 1991 yil 24 noyabrda Andijon viloyatida tugʻilgan, oʻzbekistonlik ogʻir atletikachidir. 2013-yil oktabrida Polshada oʻtkazilgan ogʻir atletika chempionatida 105 kg vaznda qatnashib, oltin medal oldi.

Ruslan Nurudinov xalqaro maydondagi dastlabki gʻalabasini 2009-yili Birlashgan Arab Amirliklarida oʻtgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida qoʻlga kiritgan va oltin medalga sazovor boʻlgan.

R.Nurudinov 2011-yili Fransiyadagi jahon chempionatida shtangani siltab koʻtarishda kumush medalni qoʻlga kiritgan. 2012-yili Janubiy Koreyada oʻtgan Osiyo chempionatida gʻolib chiqdi va London Olimpiadasida kuchli toʻrtlikdan joy oldi.

2013-yil ogʻir atletikachi uchun har tomonlama muvaffaqiyatli boʻldi. Dastlab mamlakat chempionatida gʻalaba qozongan Ruslan Osiyo chempionatida ham uchta oltin medalni qoʻlga kiritdi. Iyul oyida Jahon universiadasida ikki marotaba rekord oʻrnatib, chempion boʻldi. Bu yilgi mavsumning eng nufuzli musobaqasi — jahon chempionatida ham shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga koʻtarildi.

Ruslan Shamilevich Nurudinov 2016 yil Rio de Janeyrodagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan. Ruslan Shamilevich Nurudinov Rio-de-Janeyroda bo‘lib o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga ikkinchi oltin medalni olib keldi.

105 kg vazn toifasidagi Nurudinov irg‘itishda - 194 kg, zarbada - 237 kg, umumiy hisobda 431 kg ni ko‘tarib, olimpiya rekordini o‘rnatgan va  Rio Olimpiya o'yinlarida oltin medalini qo'lga kiritdi.

Mukofot va medallari

Jahon Chempionati
Oltin Vrotslav  2013 105  kg gacha
Kumush Olmaota 2014 105 kg gacha

Оsiyo Chempionati
Oltin Pxyontxek 2012 105 kg gacha
Oltin Ostona 2013 105 kg gacha
Universiadalar
Oltin Qozon 2013 105 kg gacha
Olimpia o'yinlari
Oltin Rio de Janeyro 105 kg gacha

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit