Ochilov Adham


1195

Tug‘ilgan sana: 1976 Aprel 7
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1976 yilning 7 aprelida Toshkent shaxrida tug‘'lgan. Erkin kurash bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Osiyo chempioni, Jahon chempionati kumush medali sovrindori. O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi.
"Shuhrat" medali bilan taqdirlangan. Adham Ochilov 1999 yilda Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionatida bronza medalini olishga erishdi.

Adham dastlab P.Ozikayevning qo‘l ostida kurash sirlarini o‘rgandi. Toshkentdagi respublika Olimpiya o‘rinbosarlari bilim yurtida ta'lim olayotgan kezlarida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi A.Nedorezov rahbarligida mahoratini oshirdi. Mamlakat terma jamoasiga taklif qilingach, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sport ustozi M.Ro‘ziyevdan saboq oldi.

1995 yili Pekinda yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan Osiyo birinchiligida g‘olib chiqqan Adham el nazariga tushdi. Muvaffaqiyatlar unga Atlanta Olimpiadasi eshiklarini ochdi. 1996 yil Olimpiya o‘yinlarida yosh sportchimiz kuchlilar orasida faxrli 7-o‘rinni egalladi. Keyingi yillarda u mamlakat chempionati va xalqaro musobaqalarda g‘alaba qozondi.

U 1999 yilda Toshkentda o‘tgan Osiyo chempionatida bronza medalini olishga erishdi.
O‘sha yili Anqarada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida uning vazn toifasida 37 nafar polvon orasida. Adham mahorat ko‘rsatib, chempionatning kumush medaliga sazovor bo‘ldi. 2000 yilning boshida Xitoyda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida esa bronza medali va Sidney Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Endigina 25 yoshga tulgan, kurashda katta tajriba to‘plagan Adham Ochilovdan biz yangi g‘alabalar kutamiz.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit