Omonmurodova Oqgul Choriyevna


1414

Tug‘ilgan sana: 1984 Iyun 23
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Oqgul Omonmuradova 1984 yil 23 iyun kuni Toshkent shahrida tug‘ilgan. O‘zbek professional tennischisi, ikki marta WTA turnirida juftlik bahslari g‘olibasi, Osiyo va Universiadalarda yakkalik bahslarida sharafli o‘rinni qo‘lga kiritgan.

U katta tennisni 10 yoshidan o‘ynashni boshlagan, uning bu sport turiga qiziqishiga buvisi katta hissa qo‘shgan. O‘sha vaqtlarda u basketbol bilan ham shug‘illanib yurgan va uni basketbol bo‘yicha o‘smirlar terma jamoasiga taklif qilishganida u rad javobini bergan.

2000 yili u ona shahri Toshkentda birinchi bor professional tennisda o‘z mahoratini ko‘rsatgan va bir yil o‘tib u terma jamoaga Fediratsiya kubogi o‘yinlariga qabul qilgan.

U olti o‘yinda uch bor g‘alabani qo‘lga kiritib, Qozog‘iston va Taylandlik sportchilarni mag‘lub qilgan.

Yakkalik bahslarida u 2002 yilda Hindistonning Haydarobod shtatida o‘tkazilgan ITF turnirida finalga qadar chiqqan. Shu yilning dekabr oyida Hindostonda bo‘lgan turnirning juftlik bahslarida Katerina Bandarenko bilan birgalikda raqiblar ustidan g‘alaba qozonishgan. 2003 yilda Mumbay o‘tkazilgan turnirda yakkalik bahslarida g‘alabini qo‘lga kiritgan va shu yili 4 marta titulni yutib olgan.

Shuningdek, u Koreya Respublikasida o‘tkazilgan Tegu turnirida yakklik bahslarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. 2004 yilda ITF turnirida yakkalik bahslarida uch marta va juftlik bahslarida besh marta titiul sohibasiga aylangan.

2005 yil Toshkent ochiq chempionati doirasida WTA turnirida wild-card unvoniga sazovar bo‘lgan. Bu turnirda u ikkinchi darajali tennischi Alyona Bondarenkoni mag‘lub etib, finalga chiqadi, lekin finalda 16 yoshli Mixaelle Kraychekdan yutqazgan. Bu natija unga WTA reytingidagi o‘rnini kuchli 100 talik ichida 60 o‘ringacha ko‘tarilishga zamin yaratdi.

Omonmurodova Oqgulga 2007 yili yana omad kulib boqdi, u Frantsiya ochiq chempionatida ikkinchi asosiy aylanagacha yetib bordi, lekin o‘ninchi raqamli raketka ustasi Nikol Vaydishega imkoniyatni boy berdi. Bu unga turnir reytingidagi 210 o‘rindan 141 o‘ringa ko‘tarilishga imkon berdi. 2007 yili Sintsinnati katta turinirida Oqgul asosiy setda yarim finalgacha chiqib bordi, lekin 7-raqamli raketka ustasi Akiko Morigamaga imkoniyatni boy beradi. Bunday natijalar uni turnir jadvalining kuchli 100 taligiga kirishga imkon berdi.

2008 yili Omonmurodova O‘zbekiston terma jamoasini munosib himoya qilib, 5 uchrashuvda raqiblarini 4 marta dog‘da qoldirdi, o‘shanda unga raqib sifati raketka ustalari Tayvan, Tayland, Gongong va Yangi Zelandiyalik sportchilar bo‘lishgan. Lekin i oxirgi uchrashuvda O‘zbekiston terma jamoasi Slovakiya terma jamoasiga yutaqazadi va bahslarni yakunlaydi.

Uimbldonda Oqgul Darya Kustova bilan juftlikda qator g‘alabalarni qo‘lga kiritadi, bu natijalar juftliklar reytingida kuchli 100 talikka kirishga yordam beradi. Yakkalik bahslarida Omonmurodova Pattey va Istanbulda o‘tkazilgan WTA turnirida yarim finalga qadar yetib keladi va Pekin olimpiadasida qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi.

2009 yili Oqgul WTA turnirida birinchi titutlini qo‘lga kiritgan. Bu natijani a Angliyaning Isborne shahrida o‘tkazilgan turnirda qayd etgan va kuchli 50 ta sportchilar reytingidan o‘rin olgan. Avgust oyida u Monika Nikulesku bilan juftlik bahslarida Sintsinati yarim finaliga qadar dekabrda bo‘lsa Moskva kubogi yarim finaligacha chiqadi.

Shu yilning sentyabr oyida ham u Toshkent ochiq chempionati finaligacha yetib keldi, ammao Isroillik Shaxar Peerga yutqazib qo‘ydi. 2010 yili Brisben yarim finaliga qadar chiqqani uni WTA turnir jadvalida 36 o‘rinni qayd qilishigan sabab bo‘ldi.

2011 yili yakkalik bahslarida uning omadi kelmadai va AQSh ochiq chempionatiga qatnashish huquqidan mahrum bo‘ldi.

2012 yili Omonmuradova Frantsiya ochiq chempionatida,yu keyinchalik Seul WTA turnirida ishtirok etadi.

2013 yili Oqgul bir marotaba Pattey turinirida ishtirok etadi. Keyin u operatsiyani boshidan o‘tkazib, turnirlarda ishtirok eta olmaydi. Oradan 1 yil o‘tib u katta tennisga qaytada, lekin qator mag‘lubiyatlarga uchraydi. 2014 yil boshshlariga kelib, u sekin sport formasini tiklay boshlaydi va Anqarada o‘tkazilgan turinirda yarim finalgacha boradi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit