Oripov Tohir Fotihovich


885

Tug‘ilgan sana: 1945 Sentyabr 7
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Matematiklar, Fiziklar, Biologlar

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti (2006 yildan hozirga qadar). O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi akademigi (1995 y.), fizika-matematika fanlari nomzodi, biologiya fanlari doktori. Biofizika fanlari sohasidagi olim, fan tashkilotchisi va jamoat arbobi 1945 yil 7 sentyabrda Toshkent shahrida tavalllud topgan. Xalqaro fan, texnologiya va ta’lim akademiyasi (AQSh) a’zosi etib saylangan. 1970-yilda Toshkent davlat universiteti (hozirgi O’zMU)ni tugatgan. O’zR FA Bioorganik kimyo institutida ilmiy xodim, laboratoriya mudiri, O’zR FA Mikrobiologiya instituti direktori, O’zR Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi raisi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisi, Fanlar akademiyasi prezidenti vazifasini bajaruvchi lavozimlarida ishlagan. 100 dan ortiq ilmiy ishlar, shu jumladan 12 ta ixtiro muallifi. 3 nafar fan doktori va 10 nafar fan nomzodlarini tayyorlagan. 2003 yilda «Mehnat Shuhrati» ordeni bilan mukofotlangan.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit