Otajonov ​Bahodir


1732

Tug‘ilgan sana: 1984 Fevral 14
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

Otajonov Bahodir 1984 yil 14 fevral kuni Toshkent shahrida tug‘iladi. Yoshlar o‘rtasidagi jahon birinchiligida taekvando bo‘yicha oltin va bronza medalining mutlaq g‘olibi. 1999 yil Nukusda o‘tkazilgan respublika birinchiligida ikkinchi darajani qo‘lga kiritdi.

Bahodir Otajonov maktabda barcha fanlardan faqat a'lo baholarga tugatdi. U ingliz va rus tillarida erkin suhbatlasha olgan, shu bilan bir vaqtda sportda ham yaxshi natijalarni ko‘rsatgan.

1997 yil Bahodir Otajonov murabbiysi Doniyor Yo‘ldoshev bilan birga muntazam shug‘ullanib, birinchiliklikni qo‘lga kiritdi. Angren shahrida bo‘lib o‘tgan mamlakat chempionatida uchinchi o‘rin sohibi bo‘ldi.

2000 yil yoshlar o‘rtasidagi taekvando bo‘yicha Jahon birinchiligi Sochida o‘tkazildi. U yerda malakali murabbiylar Saidakbar Muxammadaminov va Dilshod Boymurodovlar qo‘l ostida shug‘ullanadi va xalqaro maydonga chiqdi. 30 ta mamlakat o‘rtasida “Sparring” musobaqasida oltin medalni qo‘lga kiritadi va “Til” musobaqasida esa bronza medalini oldi. 

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit