Pak Vera Borisovna


1804

Tug‘ilgan sana: 1938 Noyabr 13
Tug‘ilgan joyi: Qoraqalpog‘iston
Yo‘nalishlar: O‘qituvchilar

Pak Vera Borisovna (1938.13.11, Qo‘ng‘irot sh.) - ilg‘or o‘qituvchi, O‘zbekiston Qahramoni (2001).

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta'limi xodimi (1992).

Pak Vera Borisovna 1961 yili Qoraqalpoq davlat pedagogika instituti tabiiy va geografiya fakultetini tamomlagan. O‘sha yili u o‘zining mehnat faoliyatini A.S.Pushkin nomli №3 o‘rta maktabdan boshladi. 1975 yil Pakni mazkur maktabga maktab va sinfdan tashqari tabiyachilik ishlarining tashkilotchisi etib tayinlashadi. S 1984-1985 yillarda Vera Borisovna Xiva shahar xalq ta'limi bo‘limida mehnat ta'limi bo‘yicha inspektor bo‘lib ishladi.

1985 yildan Xivaning bolalar uyining №20 “Mehribonlik” uyiga direktor lavozimida ishlab kelmoqda. Bugungi kunda ushbu dargohda 140 nafardan ziyod bolalar tarbiyalanishmoqda.

V.B.Pak asosiy vazifasi – bolalar uyining tarbiyalanuvchilarini mustaqil hayotga tayyorlashdan iborat. “Mehribonlik” uyining tarbiyalanuvchilari 9-sinfni tamomlagach, viloyatdagi kasb-hunar va akademik litseylarda o‘qishlarini davom ettirishadi, keyin respublikadagi oliy o‘quv muassasalariga o‘qishga kirishadi. Eng katta e'tiborni Vera Borisovna o‘smir yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratdi.

V.B.Pak respublika, viloyat, tuman jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etib kelgan. U bir necha marta O‘zbekiston Respublikasi xotin-qizlar a'zosi, O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi a'zosi, viloyat deputati a'zosi, shahar kengashi xalq deputati a'zosi, jamoatchilik ishlari fondi hay'at a'zosi bo‘lgan. 2004-2009 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis senati a'zosi etib tayinlangan.

Ko‘p yillik mehnat tajribasi, qarovsiz qolgan yetim bolalarni o‘z qaramog‘ida tarbiyalagani uchun 1992 yil Prezident Qaroriga ko‘ra, Vera Borisovna Pak O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan xalq ta'limi xodim unvoni beriladi, so‘ng 2001 yil O‘zbekiston Qahramoni unvoniga sazovor bo‘ladi.

Vera Borisovna mehribonlik uyida turli uchrashuv va tadbirlar, bolalar jamoasining ko‘rik tanlovlari va sport musobaqalarini o‘tkazib keladi. Mehribonlik uyida 1985 yildan «Shodlik» ansambli faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Vera Borisovna rahbarlik qilib turgan muassasa O‘zbekistondagi namunali mehribonlik uylaridan hisoblanadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit