Perepelova Lyubov


1530

Tug‘ilgan sana: 1979 Fevral 26
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Sportchilar

1979 yilning 26 fevralida Toshkent shaxrida tug‘ilgan. Yengil atletika bo‘yicha to‘rt karra mamlakat chempioni, Osiyo chempioni. Olimpiya o‘yinlari qatnashchisi (Sidney). Osiyo chempionatida 100 metr masofaga yugurishda qit’a rekordini o‘rnatdi, 200 metrga yugurishda kumush medalni ko‘lga kiritdi.

Tarjimai hol

Lyubov Perepelova 12 yoshidan yengil atletika bilan shug‘ullanadi. Maktabda o‘qib yurgan kezlaridayoq o‘z iste’dodi bilan mutaxassislar e’tiboriga tushdi. Poytaxtdagi 71-o‘rta maktabni a’lo baholarga tamomlagach, O'zbekiston Davlat jismoniy tarbiya institutiga o‘qishga kirdi. 

Astoydil mehnati, tirishqoqligi tufayli 100 va 200 metr masofalarga yugurish bo‘yicha ayollar o‘rtasida mamlakatimizning eng kuchli sportchisiga aylandi.

1998-99 yillarda g‘oliblikni hech kimga bermadi. 1998 yili Tailandda o‘tgan Osiyo o‘yinlarida 100 metrga yugurishda terma jamoamizga kumush medalni olib berdi. 2000 yili O'zbekiston kubogi bahslarida har ikki masofaga yugurishda golib chikdi. Osiyo chempionatida esa 100 metr masofaga yugurishda qit’a rekordini o‘rnatdi, 200 metrga yugurishda kumush medalni ko‘lga kiritdi.

Lyubov Perepelovaning orzusi - jahon chempionati shohsupasiga ko‘tarilish.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit