Pirmuhammedov Rahim


2353

Tug‘ilgan sana: 1896 Dekabr 20
Vafot etgan sana: 1972 Fevral 16
Tug‘ilgan joyi: Toshkent
Yo‘nalishlar: Aktyorlar

Birinchi o’zbek kinoakterlaridan bo’lgan Rahim Pirmuhamedov 1896 yilda Toshkentda tug’ilgan. 1930 yilda Moskva o’zbek drama studiyasini tugatgan. Aktyorlik faoliyatini 1918 yilda o’zbek teatr truppasi (hozirgi Hamza nomidagi O’zbek Davlat akademik drama teatri) da boshlab, keyinchalik Samarqand, Namangan teatrlarida ishlagan.

1927 yildan Rahim Pirmuhamedov ovozsiz filьmlarda bir necha rollarni ijro etib, rejissyor K. Gertelning «Ravot qashqirlari»da (1927) Akramxon, «Masjid gumbazlari ostida» (1928) Dehqon, O. Frelixning «Soyabon arava»sida (1928) Jo’raboy rollari orqali o’z mahoratini astasekin oshira bordi va birinchi o’zbek ovozli filьmi A. Usolьtsevning «Qasam»ida (1937) Rahim militsioner obrazini yaratdi. 

Keyinchalik YA. Protazanovning «Nasriddin Buxoroda»sida (1943) Amir ayg’oqchisi, N. G’anievning «Tohir va Zuhra»sida (1945) Karvonsaroy soqchioi, «Nasriddin sarguzashtlari»da Ko’sa kabi hayotiy obrazlar yaratdi.
R. Pirmuhamedov o’z ustida ishlab, tinmay izlandi. P. YA. Protazanov, L. Sverdlin kabi yetuk aktyorlardan ijrochilik san’ati sirlarini qunt bilan o’rganish natijasi o’laroq K. Yormatovning «Alisher Navoiy»sida (1947) Abdulmalik, «Abu Ali ibn Sino»sida (1957) Abdulxayr, N. G’anievning «Farg’ona qizi»da (1948) Traktorchi polvon, 3. Sobitovning «Farzandlar»ida (1959) Ikrom kabi rang-barang obrazlarni yaratishga muyassar bo’ldi.

Aktyorning 60-yillarda yaratgan Yo’ldosh A’zamovning «Furqat»ida (1959) Qotil, «O’tgan kunlar»ida (1959) Qushbegi, Shuhrat Abbosovniing «Mahallada duv-duv gap»ida (1960) Arslonbek, «Sen yetim emassan»ida (1963) kinoteatr kontrolyori kabr salbiy obrazlar o’zining haqqoniyligi, to’laqonligi, satirik bo’yoqlarga boyligi va milliyligi bilan ajralib turadi.

R. Pirmuhamedov kinoda turli dunyoqarash va xarakterga ega bo’lgan 50 ga yaqin rang-barang obraz yaratib, o’zbek kino san’atiga o’z hissasini qo’shdi. San’atkor kinodramaturgiya sohasida ham ijod etib, «Devonai rostgo’y» stsenariysini yaratdi.

Taniqli o’zbek kinoaktyori R. Pirmuhamedovning sermazmun ijodi «O’zbekiston xalq artisti», «Xalq artisti» unvonlari va bir qator orden, medallar bilan munooib taqdirlangan. O’zbek kino san’atining ulkan arbobi R. Pirmuhamedov 1972 yilda Toshkent shahrida vafot etdi.

Ijodini ovozsiz kinoda boshlagan, «Nasriddin Buxoroda», «Tohir va Zuhra», «Nasriddin sarguzashtlari», «Alisher Navoiy», «Mahallada duv-duv gap» kabi badiiy filьmlarda o’nlab o’lmas obrazlar yaratgan Rahim Pirmuhamedovning o’zbek kino san’ati taraqqiyotida xizmati katta.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit