Polvonov Ulug‘bek


625

Tug‘ilgan sana: 1974 Yanvar 1
Tug‘ilgan joyi: Xorazm
Yo‘nalishlar: Bastakorlar

Ulug‘bek Polvonov 1974 yil 1 yanvar kuni Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Xalqaro pianina konkursida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. Gruziya davlatida o‘tkazilgan xalqaro pianinachilar konkursida Gran-pri bilan taqdirlangan.

Tarjimai holi

U.Polvonov qator xalqaro pianinachilar konkurslarining g‘olibi va sovrindori sanaladi. U Toshkent Davlat konservatoriyasida o‘qib yurgan kezlaridan boshlab xalqaro konkurslarda qatnasha boshlagan, jumladan u Germaniya, Italiya, Portugaliya, Isroil, AQSh va MDH davlatlarida o‘zining yuksak mahoratini ko‘rsatgan.

Ulug‘bek V.Uspenskiy nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyi qaldirg‘och bitiruvchilaridan hisoblanadi. U fortopiana sinfida mashhur pedagog Tamara Afanasev Popovich qo‘l ostida qator qobiliyat sohiblari bilan birga ta’lim olgan.

U o‘z ijodida nemis musiqa maktabining hissasi yuqoriligini ta’kidlaydi. O‘zbek pianisti ko‘p yillar mobaynida Berlin madaniyat instituti mashhur musiqa mutaxassisi Klaus Xellvidan musiqa sir asrorlarini o‘rgangan, hozirda esa unga shuningdek, Klausa Basslera ham ustozlik qilmoqda.

Portugaliyaning Porta shaxrida o‘tkazilgan xalqaro pianinachilar konkursida yosh musiqachsi Ulug‘bek Polvonov Bax va Shopen asarlarini mahorat bilan ijro etgani uchun uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2009 yil 28 yanvarda Berlin markazidagi tarixiy Jandarmmarkta Kontsertlar zalida Ulug‘bek Polvonov o‘zining kontsertini berdi

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit