Pugachenkova Galina Anatolyevna


1203

Tug‘ilgan sana: 1915 Fevral 7
Vafot etgan sana: 2007 Fevral 18
Tug‘ilgan joyi: Rossiya imperiyasi
Yo‘nalishlar: Arxeologlar

Galina Anatolyevna Pugachenkova — taniqli arxeolog va san'atshunos, O‘zbekiston fanlar Akademiyasi akademigi, arxeolog Mixail Yevgenyevich Massonning rafiqasi sanaladi.

Tarjimai hol

Galina Anatolyevna Pugachenkova 7 fevral 1915 yil Vern shahrida tug‘ilgan.

1930 yili maktabni tamomlagach, Toshkentdagi O‘rta Osiyo industrial instituti, arxitektura bo‘limining “arxitektor” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga kirdi. 1937 yil institutni tamomlagach, G.A.Pugachenkova aspiranturada o‘qishini davom ettiradi, Orta Osiyo arxitekturasi tarixi bo‘yicha 1938 yildan 1941 yilgacha o‘qishini davom ettirdi. 1941 yil u arxitektura bo‘yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.

1942-1960 yillarda SADU arxeologiya tarixi kafedrasida dotsent lavozimida faoliyat yuritdi. 1958-1960 yillarda Hamza nomidagi san'atshunoslik institutiga katta ilmiy xodim bo‘lib ishlaydi, 1960 yilda Hamza nomidagi san'atshunoslik instituti san'at va arxitektura bo‘limi mudirasi sifatida faoliyat yuritdi.

XX asrning 40-yillari boshlarida Galina Anatolyevna O‘zbekiston, Turkmaiston va Afg‘oniston hududlarida arxeologik qazish ishlari faol ishtirok etdi. 1946-1961 yillarida u Janubiy Turkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasining VII-qator (JTAKE) boshlig‘i bo‘ldi. Ekspeditsiya yakuniga ko‘ra, Qadimgi Baqtriya, Parfiya qirolligi va Dalvarzintepa va Kampirtepa xarobalari davrida me'moriy inshootlari bo‘yicha hamkasblari bilan ilmiy asar nashr etildi.

1959 yili Pugachenkova ilmiy ishi mavzusi «Qulchilik va feodalizm davrida Janubiy Turkmanistonda arxitekturaning rivojlanish yo‘li”da doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.

1959-1984 yillarda Galina Pugachenko O‘zbek san'atshunosligi ekspeditsiyasining ilmiy rahbari va boshlig‘i bo‘ldi.1962 yil u professor unvoniga ega bo‘ldi. 1968 yili O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasiga muxbir a'zosi, 1984 yili O‘zRFA haqiqiy a'zosi (akademik) bo‘ldi.

1983 yildan “Sovet O‘zbekistoni” jurnalining tahrir hay'ati a'zosi hisoblanadi. Galina Anatolyevna Pugachenkova 2007 yil 18 fevralda Toshkentda vafot etgan va Do‘mbirabod mozoriga taniqli arxeolog akademik Mixail Masson yoniga dafn etilgan.

Mukofot va unvonlari

  • 1964 yil — O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan fan arbobi unvoniga sazovor bo‘ldi.
  • 1975 yil — Mehnat Qizil Nishoni ordeni bilan mukofotlandi
  • 1984 yil — Mehnat Qahramon medaliga sazovor bo‘ldi.
  • 1992 yil — Beruniy nomidagi davlat mukofotini oldi
  • 1993 yil O‘zbekiston badiiy akademiyasi akademigi etib tayinlandi.
  • 2000 yil O‘zbekiston badiiy akademiyasi Oltin medaliga sazovor bo‘ldi.

Ilmiy faoliyati

“O‘zbekiston san'ati” monografiyasi muallifi sanalib, arxeologiya darsligi bo‘lib, bir qator O‘rta Osiyo mamlakatlari OTMlariga mo‘ljallangan.

Uning rahbarligi ostidagi mutaxassislar guruhi O‘zbekiston arxitekturasi yodgorliklari to‘plamining bir qancha tom (jild)lari nashrga tayyorlandi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit