Qaffol Shoshiy


736

Tug‘ilgan sana: 903 yil
Vafot etgan sana: 976 yil
Tug‘ilgan joyi: Shosh
Yo‘nalishlar: Faylasuflar, Filolog, O`rta asr arboblari

Abu Bakr Qaffol Shoshiy hayoti va faoliyati haqida so‘zlashdan oldin, ungacha ham Shosh vohasida yuksak ilmiy muhit yaratgan olimlar haqida muxtasar gapirmasak, adolatdan bo‘lmaydi. Zero, ana shu ilm muhiti Qaffol Shoshiy qatorida nafaqat yurtimizda, balki Islom olamida mashhur va buyuk iste’dod sohiblari yetishib chiqishidaunutilmas xizmat qilgani shubhasiz.

1X-XN asrlarda Shosh adabiyot, tilshunoslik, mantiq fanlari qatorida hadis va fikh ilmlari ham rivojlangan markazlardan biri edi. Imom Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiy, Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy, Abu Said Iso ibn Solim Shoshiy, Abu Muhammad Ja’far ibn Shuayb Shoshiy, Abu Is'hoq Ibrohim ibn Xuzaym Shoshiy, Abu Ali Hasan ibn Sohib ibn Hamid Hofiz Shoshiy, Abulays Nasr ibn Hasan ibn Qosim Shoshiy-Tunkatiy, Abu Is'hoq Ibrohim ibn Xuzaym ibn Qumayr ibn Hoqon Shoshiy kabi ko‘plab toshkentlik muhaddislar Islom olamining turli shaharlaridagi madrasalarda hadis ilmidan saboq berishgani, kutubxonalarda diniy-islomiy ilmlarning ayrim masalalari bo‘yicha munozaralarda yetakchilik qilishgani arab manbalarida yozib qoldirilgan.

Shulardan biri - Imom Abdulloh ibn Abu Avona Shoshiydan buyuk muhaddis Imom Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Ja’far ibn Muhammad Faryobiy va boshqalar hadis ilmini o‘rganishadi. O‘z navbatida, Abu Avonaning jiyani Abu Ali Fazl ibn Abbos Shoshiy ilm talabida Marv va Iroqda bo‘lib, Ali ibn Hajar, Ahmad ibn Hanbaldan hadis sabog‘ini oladi. Yurtga qaytib, ilmini Shosh ahliga yetkazadi va Abu Bakr Qaffol Shoshiy dunyoga kelishlaridan besh yil oldin (899 yil) vafot etadi.

Shoshlik fikhlar

Fiqh ilmi rivojlanish bosqichlarida arab bo‘lmagan, ayniqsa, Movarounnahrdan yetishib chiqqan olimlar xizmati ila yuksak darajalarga ko‘tarildi. Abu Bakr Qaffol Shoshiy qatorida Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy, Abulhasan Qosim ibn Imom Abu Bakr, Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Homid Shoshiy, Tohir ibn Abdulloh Iloqiy, Abu Abdulloh Muhammad ibn Dovud Rizvon Iloqiy, Abu Rajo Mu’mil ibn Masrur ibn Abu Saxl Shoshiy-Xumrakiy kabilar ham ulug‘ allomalar jumlasidandir.

Saljuqiylarning buyuk vaziri Nizomulmulk (XI asr) Bag‘dodda Nizomiya madrasasini qurdirgan edi. Bu ilm dargohi zamonasining akademiyasi hisoblanar, o‘qish istagida arab mamlakatlaridangina emas, Samarqand, Buxoro, Shosh kabi Turkiston o‘lkalaridan ham talabalar kelishar edi. Jumladan, Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad Shoshiy (keyinchalik unga «Mustazhiriy» unvoni ham berilgan) (1038-1114) ham Bag‘dodga kelib, Nizomiya madrasasida o‘qigan, mashhur faqih Abu Is'hoq Sheroziy, Abu Nasr ibn Sabbog‘lardan fiqh ilmini o‘rgangan edi. Bir necha yildan keyin uning o‘zi ham mazkur madrasada mudarris etib tayinlanadi va «hujjatul islom» Abu Homid G‘azzoliy, ustozi Abu Is'hoq Sheroziylar qatorida talabalarga dars beradi. O‘z davrida pguhrat qozongan alloma Shoshiy-Mustazhiriy Bag‘dod faqihlari raisi bo‘lgan.

Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Shoshiy (1007-1092) ham fiqh ilmida shuhrat qozongach, «Imom» deya tilga tushdi. Uni G‘azna sultoni o‘z shahriga taklif qilib, izzat-ikrom bilan qarshilaydi. G‘aznada fiqh bo‘yicha asarlar bitadi. So‘ngra uni vazirula’zam Nizomulmulk Hirotdagi Nizomiya madrasasiga mudarrislik qilishga yuboradi. Olim Hirotda vafot etgan.

Imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy hazratlari Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Moturidiy, Burhoniddin Marg‘inoniy kabi Islom olamining movarounnahrlik buyuk allomalari orasida alohida o‘rin egallaydi. Zamondoshlari Hazrati Imom deb ulug‘lagan bu zotningto‘liq ismi Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy bo‘lib, arab manbalarida u kishiga alohida xurmat ko‘rsatilib, nomiga «katta», «ulug‘» ma’nosini ifodalaydigan «kabir» so‘zini qo‘shib yozadilar.

Qaffol Shoshiy hijriy 291 (milodiy 903) yili Shoshda tug‘ilib, bolaligi va yoshligi shu yerda o‘tgan. Muftiy Ziyovuddinxon ibn Eshon Boboxon (rahmatullohi alayh) ta’kidlashicha, dastlabki ilmni zamonasining mashhur muhaddisi va faqihi Haysam ibn Kulaybdan olgan. Keyinroq u ilm talabida Movarounnahrdagi ma’rifat o‘choqlari - Samarqand, Buxoro, Termiz kabi shaharlarda bo‘ladi. O‘zidan oldinroq yashab, bebaho diniy-ilmiy meros qoldirgan Imom Buxoriy, Imom Termiziy kabi ulamoi kiromlar asarlarini qunt bilan o‘rganadi.

Alloma mohir hunarmand bo‘lib, qulfsozlikda shuhrat qozongan. Shu bois «qaffol», ya’ni qulfchi, qulfsoz degan nom bilan tanilganlar. Bu haqda mashhur tarixchi Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy (1113-1167) «Al-Ansob» («Nasabnoma») asarida bunday yozadi: «Qaffol» - qulfsozlik kasbiga nisbat berilgan. Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy Shosh ahlidan bo‘lib, qulfsozlikda shuhrat qozongan. U zamonasining imomi (peshvosi) bo‘lib, fiqh, hadis, usul, tilshunoslik ilmlari bo‘yicha tengi yo‘q olim edi. Qaffol Shoshiyning nomi mag‘ribu mashriqqa yoyilgan». Shayx Muhyiddin Navaviy (1233-1277) aytishicha, agar «Qaffol Shoshiy» deb zikr qilinsa, buyuk imom Abu Bakr Qaffol Shoshiy, agar «Qaffol Marvaziy» deb aytilsa, keyinroq yashab o‘tgan Kichik Qaffol haqida so‘z borayotgan bo‘ladi. Shoshiy (Katta Qaffol) nomi tafsir, hadis, usul, kalom ilmlarida takror-takror zikr etiladi. Ammo Marvaziy (Kichik Qaffol) ismi esa fiqhga taalluqli asarlardagina uchraydi «Tahzibul asmo», 2-jild 556-bet).

Milodiy X asrda yashagan Qaffol Shoshiy hazratlari ulug‘ qomusiy allomalardan bo‘lgan. Islom olamidagi obro‘-e’tibori, ilmiy salohiyati xaqida mashhur arab tarixchilari asarlarida ko‘p yaxshi gaplarni bitib qoldirishgan. Jumladan, Ibn Xallikon (1211-1282) «Vafoyotul a’yon» «Ulug‘ kishilar vafoti sanalari») kitobida: «Abu Bakr Qaffol Shoshiy zamonasining imomi (peshvosi) bo‘lgan. U fiqh, hadis, usul, tilshunoslik fanlari va she’r san’ati bo‘yicha Movarounnahrda olimlar orasida tengsiz edi. U Xuroson, Iroq, Hijoz, Shom va Sugur (Shimoliy Suriya)ga safar qilgan,uning dongi bu o‘lkalarda kengtarqalgan», deb qayd etadi.

Misrlik tarixchi Tojuddin Subkiy (vaf.1370) «Tabaqotush shofi’iya al-kubro» («Shofi’iyaningulug darajalari») asarida: «Abu Bakr Qaffol Shoshiy tafsir, hadis, kalom, usul, furu’, lugat va she’riyat ilmlarida hamda zuhd va taqvoda, ochiqqo‘llikda zamonasining peshqadamlaridan bo‘lgan. U ko‘p ilmlar muhofazasida jonkuyar, o‘zi keltirgan narsalarni tahqiq etib, ularni go‘zal tasarruf qiluvchi zamon shaxslaridan biri edi», deb ta’riflaydi.

Abu Sa’d Abdulkarim ibn Muhammad Sam’oniy «Al-Ansob» («Nasabnoma») kitobida: «Sayxun daryosi ortidagi, turklar bilan chegaradosh shahar «Shosh» deb ataladi. Bu yerdan ko‘plab imomlar yetishib chiqqan», deya shoshlik olimlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirib, jumladan, Qaffol Shoshiy haqida bunday yozadi: «Imom Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy bo‘lib, tafsir, hadis, fiqh, tilshunoslik ilmlari bo‘yicha zamonasida unga teng keladigan olim yo‘q edi... Naql:

BuAbuBakr sulfsoz faqih,

Fitsh bilan siyin sulflarni (masalalarni) ochuvchidir».

Usulul fiqh ilmi diyorimizda milodiy X asrda shakllana boshlagani ma’lum. Axdi sunna val jamoaning peshvolaridan bo‘lmish Qaffol Shoshiy ilk bor bu ilmga doir asar yozgan. Bu mazhabning fiqhiy masalalarini dastlab Imom Shofi’iy ishlab chiqib, asar yozgan bo‘lsa-da, uni Qaffol Shoshiy taraqqiy ettirdi. Uning huquqshunoslikka doir «Kitob fi usulil fiqh» asari o‘z davrida Islom dunyosida keng ko‘llanilgan.

Movarounnahrda shofi’iy va hanafiy olimlari o‘rtasida do‘stona munosabatlar qaror topganining asosiy omillaridan biri shundaki, shofi’iy mazhabi asoschisi Imom Muhammad ibn Idris Shofi’iy bir necha yil Bag‘dodda yashab, Imom Abu Hanifaning eng yaqin shogirdi Muhammad ibn Hasan Shayboniydan hanafiylik ta’limotini o‘rgangan va o‘zlashtirgan. Imom Shofi’iyning Muhammad Shayboniyga katta ehtirom bildirib: «Undan bir tuyaga yuk bo‘ladigan narsalarni yozib olganman», degani qayd etiladi.

Sharqshunos olim, marhum Bahriddin Mannonov yozishicha, hijriy IV (X) asrga kelib, Rum imperiyasi ikkiga bo‘linib ketadi. Bu hududning sharqiy qismida qaror topgan mustaqil Vizantiya imperiyasi ta’sir doirasi nafaqat Bolqon yarimoroli va Sharqiy Ovrupada, balki Qora dengiz qirg‘oqlari, Kavkazning g‘arbiy qismi, Kichik Osiyoning sharqigacha bo‘lgan joylarda ham mustahkamlanadi. Konstantinopol xalifalik tasarrufiga o‘tgan hududlarni qaytadan egallashga kirishadi. Shu maqsadda olib borilgan janglarda Vizantiya qo‘shinlari bir necha bor g‘alabaga erishadilar... Vizantiya imperiyasining Bag‘dod xalifaligiga, umuman, Islom olamiga qarshi xurujlari har taraflama avj olib ketadi.

Qaffol Shoshiy Islom dunyosining turli o‘lkalariga ilm-ma’rifat izlab, safar qilar, haj ibodatini ado etishga tez-tez Makkaga borar, qaytayotganida Bag‘dodda birmuncha vaqt turib, bilimlarini oshirishga harakat qilar edi. Bir gal u Bag‘dodda to‘xtaganida noxush voqea ustidan chiqib qoladi.

Vizantiya imperatorining qo‘mondoni Tag‘fur abbosiylar xalifaligiga tegishli Shomning shimoliy qismi va Antokiyani bosib olib, xalifalik poytaxtiga ham xavf soladi. U Bag‘dod xalifasiga she’riy maktub-tahdid jo‘natadi. Maktubda bunday satrlar bor edi:

«Damashqdur ota-bobomiz yurti,

Uning zaminiga men sohib o‘zim.

Misrni fath etgum shamshirim bilan,

Cheksiz sahrolarda kular yulduzim.

Undan so‘ng Makkaga qarab yo‘l olsam,

Tundek bosib borar botir qo‘shinim.

Kuddusga yo‘l olib tolmasman yo‘lda,

U yerda tiklagum muqaddasustun...»

O‘sha vaqtda Bag‘dodda ko‘zga ko‘ringan olim va shoirlar ko‘p bo‘lsa ham, hech kim Tag‘furning bu tahdid xatiga javob yozishga botina olmaydi. Xalifa xatga javob yozishni Imom Qaffol Shoshiyga topshiradi. Hazrati Imom dushman xatiga javoban bunday otashin misralarni bitadi:

«Qudrat-la quvdik biz sizni Rum sari,

Tuyaqush misoli qochdingiz nari.

Qochdingiz qontalash kirpi singari,

Bizlarni Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) boishar ilgari! Payg‘ambar hurmati, qirmadik sizni,

Bizlarda bor edi shiddat va qudrat.

Shom yerin fath etdik bo‘lib zarurat,

Misr, Qayravonni, Andalusni ham.

Boshingiz majaqlab, zo‘r keldik har vaqt,

Baytlahm, xaroba shaharlar qator.

Iskandariyada bo‘ldi zafar yor,

Quddus, Iyerusalimda g‘alabamiz bor!

Sizlarni yengoldik biz mardonavor.

Ilmu irfonimiz qadimdan mashhur...

Bemaza she’ringiz bo‘lmagay manzur.

Bizning ash’orimiz durdona, maqbul,

Bilguvchi odamga bag‘ishlar huzur...»

«Tabaqotush shofi’iya»da berilgan she’riy misralardan ushbu parchani marxum ustoz Nodirxon ibn Alouddin o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

Shubhasiz, Tag‘fur tahdid xati orqali musulmonlarningo‘sha vaqtdagi ma’naviy saviyasini bilmoqchi bo‘lgan. Imom Qaffol Shoshiyning she’riy maktubi esa unga munosib javob, sezilarli zarba bo‘lib tushgan. Hatto Vizantiya adiblari, kohinlari ham: «Musulmonlarning pgunday shoirlari borligini bilmas ekanmiz», deb tan olganlari juda e’tiborlidir.

Bu haqda Xoja Ahror Valiyning shogirdi Shayx Abu Ahmad Muhammad Qoziy Shoshiy qalamiga mansub «Silsilatul orifin» («Oriflar silsilasi») kitobida batafsil yozilgan: «364 hijriy yilda vafot qilgan Abu Bakr Muhammad ibn Ali Qaffol Shoshiy Kabir zamonasining mashhur ulamolaridan bo‘lib, o‘zlari tug‘ilgan Shosh (Toshkent) shahrida istiqomat qilar edilar. U zot ko‘p marotaba hajga safar qilib, borishda va qaytishda aksar ilmlarini olgan Bag‘dodga kirib o‘tar edilar. Bir galgi safarlarida Bag‘dodga kelsalar, ulamolarning nihoyatda sarosimada qolishganini ko‘rdilar. Chunki Rum podshohi - qaysari ibriy tilida xalifaga bir qasida yuborib, yo pgu qasidaga munosib javob yozasizlar, yo har yili o‘lpon to‘laysizlar yoki urushga tayyorlanaveringlar, deb talab qilgan edi. O‘sha paytda ularning Rum bilan urushishga imkonlari yo‘qligi va talab qilingan o‘lponni to‘lash uchun yetarli mablag‘lari bo‘lmaganidan, qasidaga javob yozishga majbur edilar. Bag‘dodning jami ulamo va fozillari yig‘ilishdi. Lekin qasidaga mos keladigan javob yozishga barchalari ojiz qolishdi. Rum elchisi esa ularni shoshiltirar edi. Shayx Bag‘dodga kirib kelganlarida, turklar yurtidan Bag‘dodga bir zabardast olim kelibdi, degan xabar tarqaldi. Xalifa odam yuborib, u kishi javob qasidasi yozsa, evaziga xohlagan narsasini berishini aytadi».

Qaffol Shoshiy hayoti va faoliyatiga doir ibrat olsa arzigulik bunday xabarlar tarixiy manbalarda ko‘plab uchraydi. Maxdumi A’zam avlodlaridan bo‘lmish Sayyid Ma’sumxon o‘g‘li Xoja Muhammad Hakimxon qalamiga mansub «Intihobut tavorih» asari qo‘lyozmasida ham bu fikrning isbotini ko‘rish mumkin:

«Shayx Abu Bakr Qaffol Shoshiyning «Maqomot»larida zikr qilinishicha, Hazrati Shayx o‘z hayotlarini uch qismga bo‘lgan ekanlar. Bir yil Rum tarafga g‘azotga borar ekanlar. U paytda Rum hanuz Islom sharafiga muyassar bo‘lmagan ekan. Bir yil hajga borar ekanlar. Bir yil o‘z viloyatida o‘tirib, xalqni Haqqa da’vat qilar ekanlar».

«...Naql qilinishicha, Hazrati Shayx g‘azotga borib, rumliklar bilan jang qilgan yili ahli Islomga shikast yetib, ko‘pgina musulmonlar bilan birga Hazrati Shayx ham asirga tushadilar. Hazrati Shayxni Rum podshohining oldiga olib kelganlarida, podshohHazrati Shayxga boqib: «Sen bu viloyatning odamiga o‘xshamaysan, rostini ayt, qayerdansan?»

deb so‘raydi. Hazrati Shayx: «Shosh viloyatidanman», deydilar. Podshoh: «Sen mening ibriy tilidagi maktubimga javob yozgan odam emasmisan?» deb so‘raydi. «Ha», deb javob beradilar. Podshoh deydi: «Sen biz uchun Tavrotni arab tiliga o‘gir, sening va asir musulmonlarning gunohidan o‘taman va ko‘p ne’matlarni in’om qilaman!» Shayx unga: «Mayli, roziman, ammo shartim shuki, Tavrot qanday nozil bo‘lgan bo‘lsa, arab tiliga xuddi o‘shanday tarjima qilaman. Ammo hozir sizlarning qo‘llaringizdagi Tavrot o‘zgartirilgandir!» - deb javob qiladilar. Podshoh darg‘azab bo‘lib: «Agar bu ishni qilmasang, seni asir musulmonlar bilan birga qatl ettiraman!» deb dag‘dag‘a qiladi. Shayx deydilar: «Nimani xohlasang, shuni qil! Men Haqdan nozil bo‘lgan Tavrotdan o‘zga Tavrotni arabcha qilmayman!» Podshoh viloyatning ulamolari va ulug‘lari bilan maslahat qilib, oxiri rozi bo‘lib: «Mayli, sen uni arabcha qil, ammo biz Muhammadning sharhlariga kelganda ko‘zimizni yumamiz va uni o‘qimaymiz!» deydi.

Alqissa, Hazrati Shayx Maliki Allomga yolborish va zorlanish bilan ko‘maktilab, Tavrotni arabchalashtirishga kirishdilar. Ozgina fursatda shunday katta ishning uddasidan chiqib, Tavrotni boshdan-oyoq arabcha qildilar. ...Rum podshohi Hazrati Shayxga ko‘p in’omlar berib, ahli Islomning barchasini ozod qildi».

Qaffol Shoshiy esa bu fidoyilikdan ham o‘zi ko‘z ochib dunyoni tani- gan Shosh ahliga manfaatlar yetishini istadi.

Asarning davomida o‘qiymiz:

«O‘n ming asir xalos bo‘lg‘oni bilan Hazrati Imom Bag‘dod xalifasining huzuriga kelib, ko‘p hurmatli bo‘lib, «Mendan tilang», deganida bir noma tiladilarkim, Toshkent shahrining voliyi, ya’ni hokimining nomig‘akim, qadimgi podshohlardan qolg‘an arig‘lar botil bo‘lib (ko‘milib ketib), Toshkent shahrig‘a suv kelmog‘i mashaqqat bo‘libdir. Imkoni bo‘lsa, viloyat hokimi buyrug‘ingiz bo‘yicha bosh bo‘lib, suvni joriy qilib bersa, dedilar.

(Xalifa) noma yozib, bir yuzu oltmish mingtanga abbosiy xazinasidan berdilarkim, suv uchun chiqib ishlaganlarga ovqat bo‘lsin deb. Hazrati Imom mazkur tanga bilan nomani kelturib, viloyat hokimiga berdilar.

Hokim ko‘p xaloyiqni olib chiqub, ko‘p kunlar ariq qazib, band bog‘lab, suvlarni joriy qildi. Holo Toshkent suvi o‘shal Hazrati Imomning tavajjuhlari bilan bo‘lg‘on suvdir».

«Mulhakatus saroh» muallifi bunday yozadi: «Ul zot asrining himoyaga muhtojlik sezmagan (ulug‘) imomi edilar. Uning maxfiy bo‘lmagan tafsir, fatvo va ikkovidan boshqa yuksak tasniflari bor. «Shavohidun nubuvvat» («Payg‘ambarlik guvohlari»), «Daloyilul qibla» («Qiblaning dalillari») va boshqalar kabi. Imom G‘azzoliy, Imom Navaviy va Imom Roziy kitoblari undan (ul zotning kitoblaridan) naql qilish bilan to‘ladir. Ul zot o‘z asrining yagonasi edi. Imom Abu Bakr Qaffol

Shoshiyning yigirma jildlik tafsiri bor. Unda Qur’onning tartibi va lug‘ati bayon qilingan».

Abu Bakr Muhammad ibn Ali ibn Ismoil Qaffol Shoshiy hijriy 366 (milodiy 976) yili Toshkentda 75 yoshida vafot etadi. Kaykovus arig‘i yoqasidagi qabristonga dafn qilinadi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit