Qamchibek Kenja


1735

Tug‘ilgan sana: 1907 yil
Tug‘ilgan joyi: Andijon
Yo‘nalishlar: Shoirlar

Shoir va nosir Qamchibek Kenjaning she'riy asarlari o‘zining samimiyligi bilan o‘quvchini maftun etsa, nasriy asarlari zamondosh yoshlar xarakteriga hos muhim qirralarni ishonarli ochib berishi bilan ajralib turadi. Xizmatlari uchun unga «Shuhrat» medali berilgan.

Tarjimai hol

Shoir va nosir Qamchibek Kenja Andijonning Izboskan tumanida dehqon oilasida tug‘ilgan.

Bo‘lg‘usi adib yetuklik shahodatnomasini olgach, 1964-1969 yillarda Toshkent davlat universitetining avval jurnalistika, so‘ng filologiya fakultetlarida o‘qigan. «O‘zbekiston madaniyati» (hozirgi «O‘zbekiston adabiyoti va san'ati») gazetasida ishlagan.

1979 yilda o‘z yurtiga qaytib, maktablarda o‘qituvchilik qilgan.

1980 yildan esa O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Badiiy adabiyotni targ‘ib etish byurosining Andijon viloyatidagi vakili bo‘lib ishlagan.

1983 yilda yana Toshkentga kelib, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan. 1985 yildan shu kungacha O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Andijon viloyati bo‘limining mas'ul kotibi bo‘lib ishlab kelmoqda.

Qamchibek Kenja mohir tarjimon hamdir. Ana shu xizmatlari uchun unga «Shuhrat» medali berilgan.

Qamchibek adabiyotimizning qutlug‘ dargohiga shoir sifatida kirib kelgan. Uning birinchi she'riy to‘plami 1975 yilda «Sog‘inch» nomi bilan bosilgan. Adibning «Yashil barg» degan birinchi hikoyalar to‘plami esa 1977 yilda chop etilgan.

Agar uning she'riy asarlari o‘zining samimiyligi bilan o‘quvchini maftun etsa, nasriy asarlari zamondosh yoshlar xarakteriga xos muhim qirralarni ishonarli ochib berishi bilan ajralib turadi.

Adibning keyingi yillarda nashr etilgan «Ko‘ngil ko‘chalari» (1979), «Ishqing tushsa» (1981), «Orzumandlar» (1989), «Sohildagi suv parisi» (1993) kabi nasriy va she'riy kitoblari talabchan o‘quvchining ma'naviy kamolotiga xizmat qiladi.

Shuningdek, adibning «Sohibjamol ayol siri» (1992), «Muhabbatni gunoh desalar...» (1997) kabi hikoya va she'rlar to‘plamlari ham chop etilgan. «Boburiylardan biri» (2000), «Hind sori» nomli sayohatnomasini (2001) esa Bobur nomidagi Xalqaro ekspeditsiya a'zosi sifatidagi hisobotnomasi desa ham bo‘ladi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit