Qayipbergenov To‘lepbergen


3025

Tug‘ilgan sana: 1929 May 7
Vafot etgan sana: 2010 Sentyabr 14
Tug‘ilgan joyi: Qoraqalpog‘iston
Yo‘nalishlar: Yozuvchilar

Qayipbergenov To‘lepbergen (1929.7.5, Qoraqalpog‘iston, Kegeyli tumani) - O‘zbekiston (1994) va Qoraqalpog‘iston xalq yozuvchisi (1974). O‘zbekiston Qahramoni (2003).

Xo‘jayli pedagogika bilim yurtini (1947), Qoraqalpog‘iston pedagogika intining rus tili va adabiyoti fakultetini tugatgan (1955). «Amudaryo» jurnal (1955-57)da, Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasida mas'ul kotib (1957-58). Qoraqalpog‘iston teleradiokomitetida katta muharrir, rais o‘rinbosari (1958- 59), «Jas leninshi» gazeta bosh muharriri (1959-60), «Qoraqalpog‘iston» nashriyoti direktori, «Sovet Qoraqalpog‘istoni» gazeta bosh muharriri (1962- 72). Qoraqalpog‘iston nashriyot, poligrafiya va kitob savdosi ishlari davlat komiteti boshlig‘i (1972 yildan), Qoraqalpog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining o‘rinbosari (1980 yildan).

Dastlabki qissasi- «Sekretar» (1956). «Rahmat, muallim» (1958), «Sovuq tomchi» (1964), «Uyqusiz tunlar» (1965) qissalarining, «So‘nggi...» (1960), «Qoraqalpoq qizi» (1 - 2-kitoblar, 1963-65), «Qoraqalpoq dostoni» trilogiyasini tashkil etgan «Mamanbiy afsonasi», «Qoraqalpoqnoma» romanessesi (1978), «U dunyoga bobomga xatlar» (1982) asarlari chop etilgan. «Qoraqalpoqman- tavakkalchiman» (2003) asari, shuningdek, «Familiya» pyesasi, «Berdaq» («Sahro bulbuli»), «Oydo‘st bobo» dramatik asarlari o‘zbek, qozoq, rus va qoraqalpoq tillarida sahnalashtirilgan.

Asarlari qoraqalpoq xalqining 17- 18-asrlardagi tarixi, Orol fojiasi, mintaqadagi ekologik vaziyat, turkiy tilli xalklarning o‘zaro qardoshligi haqida. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi raisi o‘rinbosari (1987-91). 1995 yildan Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati jamg‘armasi raisi. Berdaq nomidagi Qoraqalpog‘iston Davlat mukofoti (1967), Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti (1971) laureati.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit