Qilichev To‘lkin Maxmurovich


2734

Tug‘ilgan sana: 1983 Fevral 24
Tug‘ilgan joyi: Jizzaх
Yo‘nalishlar: Sportchilar

O‘zbekiston boks federatsiyasi katta murabbiysi. 2016 yil "O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 25 yillik" ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Tarjimai xol

Qilichev To‘lkin Maxmurovich 1983 yil 24 fevral kuni Jizzax viloyatida tug‘ilgan.

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya oliygohi magistranti.

2009 - 2016 yillar Chirchik Olimpiya Zahiralari kollejida bosh murabbiy bo‘lib faoliyat ko‘rsatgan.

2016 yildan hozirgi vaqtgacha O‘zbekiston boks federatsiyasi katta murabbiysi.

T.Qilichev ko‘plab shogirdlari boks bo‘yicha Respublika, halqaro turnirlar, Osiyo va jahon chempionatlari va Olimpiya o‘yinlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan.

T.Qilichev sportning boks turida mamlakatimiz sharafini halqaro arenalarda munosib himoya qilayotgan umidli sportchilarni tarbiyalab kelayotgan fidoyi murabbiylarimizdan biridir.

T.Qilichev tajribali mutaxassis, kamtarin inson sifatida terma jamoa a’zolari va keng jamoatchilik orasida obro‘-e’tibor qozongan.

Uning shogirdlari:

Axmadaliyev Murodjon: 2012 yil Armanistonning Yerevan shahrida o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasida jahon chempionati finalchisi.

2015 yil Taylandning Bangkok shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionati finalchisi.

2015 yil Qatarning Doha shahrida o‘tkazilgan jahon chempionati finalchisi.

2016 yil Brazilayaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlaning bronza medali soxibi.

Abduraimov Elnur: 2015 yil Taylandning Bangkok shahrida o‘tkazilgan Osiyo chempionati bronza medali sovrindori.

2015 yil Qatarning Doxa shahrida o‘tkazilgan jahon chempionati bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Djalolov Baxodir: 2015 yil Qatarning Doxa shahrida o‘tkazilgan jahon chempionati bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Madrimov Isroil: 2011 yil Qozog‘istonning Ostona shahrida o‘tkazilgan o‘smirlar o‘rtasidagi jahon chempionati finalchisi.

2013 yil Fillippinning Subik Bey shahrida o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati finalchisi.

2014 yil Janubiy Koreaning Inchon shahrida o‘tkazilgan Osiyo o‘yinlari finalchisi.

Tursunov Sanjar: 2016 yil Qozog‘istonning Pavlodar shahrida o‘tkazilgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘olibi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit