Qo‘chqorbekov Olim


1280

Tug‘ilgan sana: 1932 Avgust 12
Vafot etgan sana: 2015 yil
Tug‘ilgan joyi: Занги ота
Yo‘nalishlar: Yozuvchilar, Shoirlar

Olim Qo‘chqorbekov qanday janr va turda, qanday mavzuda qalam tebratmasin, hamisha o‘z zamondoshlarini poklikka, halollikka va qolaversa, komil inson bo‘lishga da’vat etib keldi va kelayotir. Unga 1973 yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni berilgan.

Shu davrda uning «Birinchi sort bo‘ydoq» (1969), «Salomiga yarasha» (1982) kabi hajviy asarlari chop etildi. Uning «Lo‘li bola» nomli ilk qissasi esa 1978 yilda bosmadan chiqdi. 1980 yilga kelib adibning Buxoro amiri Olimxonning so‘nggi kanizi haqidagi «So‘nggi kaniz» romani «Sharq yulduzi» jurnalida «Inqiroz» nomi bilan e’lon qilindi. Hozirgi kunda esa uning «Amirlikdan mahbuslikka» degan yangi romani tugallanib, nashr etilish arafasida turibdi.

Uning birinchi she’ri 1948 yidda matbuotda e’lon qilindi. Shundan so‘ng uning bolalar uchun «Chorichambar» (1963), «Sirli xum» (1969), «Qaysar buzoqcha» (1974) kabi kitoblari nashr etildi. Adibning kattalar uchun yozgan asarlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Uning bu boradagi ilk to‘plami «She’r va masallar» nomi bilan 1957 yilda nashr etilgan.

So‘ngra ketma-ket «Kuylarim va o‘ylarim» (1960), «Umrim bog‘ida» (1970), «Ko‘ngil mezoni» (1972), «Va’zxon va Zag‘izg‘on» (1974), «Nozik ko‘ngil» (1983) kabi she’riy to‘plamlari yuzaga keldi.

Olim Ko‘chqorbekovning bir qator hajviy asarlari mashhur satirik kinojurnal «Nashtar» sahifalaridan ham o‘rin olgan.

Olim Qo‘chqorbekov qanday janr va turda, qanday mavzuda qalam tebratmasin, hamisha o‘z zamondoshlarini poklikka, halollikka va qolaversa, komil inson bo‘lishga da’vat etib keldi va kelayotir. Unga 1973 yilda «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi» unvoni berilgan.

Olim Qo‘chqorbekov asli Toshkentlik. U 1932 yilning 12 avgustida Zangi ota tumanining Qatortol qishlog‘ida dehqon oilasida dunyoga kelgan. O‘rta maktabdan so‘ng 1951-1957 yillarda O‘rta Osiyo Davlat universitetida o‘qigan. U o‘qishni tugatgach, qariyb qirq yil davomida «Mushtum»da faol va izchil mehnat qildi. Oddiy adabiy xodimliqdan bo‘lim mudiri, muharrir o‘rinbosari darajasiga ko‘tarildi. U bir vaqtning o‘zida ham bolalar, ham kattalar adabiyotiga xizmat qildi.

Xato to‘g‘risida ma‘lum qilish Translit